Bilyard soqqasi va beysbol tayog‘i bilan ham sindirib bo‘lmaydigan smartfon – atigi 250 dollarga! (+video)

  •   DiMaX
  •  3407
  •  17.01.2018 13:10

Bilyard soqqasi va beysbol tayog‘i bilan ham sindirib bo‘lmaydigan smartfon – atigi 250 dollarga! (+video)

Blackview kompaniyasi mustahkam korpusli smartfonlari bilan yaxshi tanilgan. Jumladan, o‘tgan yili yozda taqdim etilgan va savdoga chiqarilgan Blackview BV8000 Pro jahondagi kuchli himoyalangan eng arzon mobil aloqa vositasi bo‘lgan edi.

O‘QING: Ursa-sinmas, suvda cho‘kmas–Blackview BV8000 Pro sotuvga chiqdi

Shuningdek, xitoylik bu smartfonsoz o‘zining o‘ta kuchli muhofazaga ega BV9000 Pro modelini MWC 2017 ko‘rgazmasida taqdim qilgan va noyabrga kelib sotuvga chiqargan. Uning mustahkamligini ham turli yo‘llar bilan sinab ko‘rishgan.

O‘QING: Kuchli himoyalangan Blackview BV9000 Pro sotuvga chiqarildi

Endi esa ushbu modelning nisbatan «oddiy» bo‘lgan BV9000 versiyasi savdoga qo‘yilgan. Mazkur qurilmani ham bir qancha g‘ayrioddiy usullar bilan, jumladan, bilyard sharchasi, basketbol to‘pi va beysbol tayog‘i yordamida drop-test qilib ko‘rishdi.

Blackview BV9000 ancha baquvvat telefon bo‘lib, zarbaga chidamli korpus hamda diagonali 5,7 dyuymlik IPS-displey bilan jihozlangan. Gadjet IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan – hatto uzoq muddat suv ostida qolganidan keyin ham ish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Shuningdek, devaysning korpusi zarbalarga va yerga tushib ketishga chidamli qilib ishlanganiga quyidagi videoda o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Texnik xususiyatlariga keladigan bo‘lsak, Blackview BV9000 ekranining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Smartfonning «yuragi» – MediaTek Helio P25 protsessori; u 2,6 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni hamda Mali-T880 grafik tezlatgichini o‘z ichiga oladi. Devays Android 7.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Mustahkam smartfonning asosiy kamerasi 13 va 5 megapikselli ikkita datchikdan iborat. f/2,0 yorug‘lik kuchiga ega ob’yektivi yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham sifatli suratlar olishga imkon beradi. Akkumulyatori 4180 mA/soat sig‘imga ega hamda 12V/2A tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Blackview BV9000 Pro modelidan uning farqi faqatgina xotirasining hajmidadir: Pro-versiyasida tezkor va ichki xotira tegishlicha 6/128 gigabayt bo‘lsa, mazkur «oddiy» talqinda 4/64 gigabaytni tashkil etadi.

Hozirda – 22 yanvargacha ushbu ikki gadjet savdosida aksiya bo‘lyapti, shu muddatda har ikkala smartfonni chegirma bilan xarid qilish imkoni mavjud. Blackview BV9000 modelining xususiyatlarini batafsil ko‘rish va 313.16 AQSh dollariga xarid qilish uchun mana bu havola  orqali o‘tishingiz mumkin. BV9000 Pro talqinidagi qurilmani esa aksiya doirasida 229.99 dollarga olish mumkin, buning uchun mana bu havola yordamida tegishli sahifaga o‘ting.

O‘QING: Atigi 80 dollarga «sindirib bo‘lmas» smartfon bor! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!