Bir yilda Hindistondagi 72 foiz kompaniyaga kiberhujumlar kuzatildi

Bir yilda Hindistondagi 72 foiz kompaniyaga kiberhujumlar kuzatildi

KPMG auditorlik kompaniyasi hisobotida sarlavhadagi axborot keltiriladi.

Kiberjinoyatchilik so‘nggi yillarda tashkilotlar uchun jiddiy xavf solmoqda. Ammo barcha kompaniyalar ham xatarni yetarlicha baholay olgani yo‘q. So‘rab surishtirilgan tashkilotlardan faqat 41 foizi kiberxavfsizlik masalasi kun tartibida turganini bildirdi.

Hisobotga ko‘ra kibermuttahamlar, asosan, bank, moliya va sug‘urta kompaniyalariga hujum uyushtiradi. Hujumlarning 63 foizi kompaniyaga jiddiy zarar keltiradi. So‘rovnomada qatnashganlar 47 foizi biznes jarayonlarida uzilishlar sodir bo‘lishini bildirdi, 49 foiz qatnashchilar esa  kiberhujum kompaniya obro‘siga putur yetkazishini aytdi. Kompaniyalar kibermudofaa uchun 5 foizdan ozroq mablag‘ni sarflamoqda.

So‘rovnoma qatnashuvchilarining 65 foizi kiberhujumdan maqsad moliyaviy foyda ekaniga ishonadi. 46 foizi esa korporativ josuslik deb hisoblaydi. Shuningdek, o‘rganishlar natijasida kompaniya direktori va menejeri asosiy ko‘zlangan o‘lja ekani ayon bo‘ldi. Kiberjinoyatchilar, ko‘pincha, e-mail vositasida tajovuz qilishadi.