«Bir million o‘zbek dasturchi» loyihasi doirasida yakuniy imtihon kuni aniq bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  5041
  •  13.05.2020 18:59

«Bir million o‘zbek dasturchi» loyihasi doirasida yakuniy imtihon kuni aniq bo‘ldi

Joriy yilning 1 iyun kuni One Million Uzbek Coders – «Bir million o‘zbek dasturchi» bepul ta’lim loyihasi doirasida yakuniy imtihon bo‘lib o‘tadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn ta’lim oling!

Yakuniy imtihonga kirish uchun talabalar kursning barcha topshiriqlarini bajarishlari, laboratoriya ishlarini o‘tishlari va imtihondan ko‘pi bilan ikki kun avval o‘tishlari kerak.

Imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2020 yil 29 may.

Final imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar Udacity Nanodegree grantlari uchun kurashishlari va nanodiplomni (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi. Yana bir muhim informatsiya: faqat eng yaxshi 50 talaba Udacity Nanodegree grantini oladi!

Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihonga ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘llanma: uzbek_coders_enrolling_to_the_final_assessment_instructions-1

O‘QING: Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?

One Million Uzbek Coders («Bir million o‘zbek dasturchi») — Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy maxsus onlayn-portal orqali IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha.

Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda Udacity.com xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd va FullStack. Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

Batafsil: http://uzbekcoders.uz/

O‘QING: Universitetlarga qabuldagi o‘zgarishlar: imtihonlar muddati surildi, hujjatlarni onlayn topshirish mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.