Bir necha eski Galaxy smartfonlariga dastur yangilanishi kelmoqda

Bir necha eski Galaxy smartfonlariga dastur yangilanishi kelmoqda

Dasturiy ta’minot bilan ta’minlanishi rasman to‘xtatilgan bir necha Galaxy smartfonlariga shu oyning boshida yangilanishlar kelgan edi, ammo bu faqat boshlanishi edi. Samsung endi millionlab eski smartfonlariga GPS tizimi to‘g‘irlovchi dastur yangilanishini jo‘natilmoqda.

Ushbu eski smartfonlar ro‘yxatidan Galaxy S5 Neo, Galaxy Alpha, Galaxy S6 seriyasi va Galaxy A7 (2018) o‘rin olgan. 

Avvalroq shunday dastur yangilanishi Galaxy Note 8, Galaxy S7 va S8 seriyasi smartfonlariga jo‘natilgan edi. Ushbu yangilanish ham GPS tizimi sozlash va qurilma barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Samsung eski Galaxy modellariga dastur yangilanishini jo‘natilishining aniq sababini aytmadi. Katta ehtimol bilan kompaniya ushbu qurilmalarning dasturiy ta’minotidagi xavfsizlik tizimlarida kamchiliklar aniqlagan. Albatta, kompaniyaning millionlab “qariya“ smartfonlarni dasturiy ta’minot bilan ta’minlashi bu kichik ish emas.

Demak, smartfonlar uchun jo‘natilgan proshivkalar raqami quyidagicha:

Galaxy S5 Neo - G903FXXU2BFG3

Galaxy S6 seriyasi - G92xFXXU6EVG1

Galaxy Alpha - G850FXXU2CVH9

Galaxy A7 (2018) - A750FXXU5CVG1

Yuqoridagi hech qaysi bir model hozirda doimiy dastur yangilanishlari bilan ta’minlanmaydi, shuningdek, hech kim ushbu eski smartfonlarga yangi proshivka kelishini kutmagan edi. Misol uchun, Galaxy S5 Neo modeli 2015 yilda taqdim etilgan. Demak, ushbu model yetti yil oldin ishlab chiqarilgan. Galaxy Alpha'ning yoshi esa S5 Neo'dan ham katta - u 2014 yilda ishlab chiqarilgan. 

Shuni ta’kidlash kerakki, jo‘natilyotgan proshivkalar eng so‘nggi xavfsizlik patchini o‘z ichiga olmaydi. Yangilanish faqat GPS tizimining barqarorligini oshiradi xolos. Biroq Galaxy S6 seriyasi qo‘shimcha barqarorlik hamda yaxshilanishlarga ega bo‘lishi mumkin. 

O‘QING: Galaxy A04s smartfonining narxi ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!