Bir nechta Galaxy smartfonlari One UI 4.1 grafik qobig‘iga o‘tmoqda

Bir nechta Galaxy smartfonlari One UI 4.1 grafik qobig‘iga o‘tmoqda

Bir necha kun oldin Samsung o‘zining Galaxy S20 FE 5G modeliga One UI 4.1 proshivkasini jo‘ntatgan edi. Endi navbat ushbu qurilmaning 4G versiyasiga ham yetib keldi. 

Hozirda turli xududlardagi Snapdragon va Exynos chipda ishlovchi Galaxy S20 FE 4G smartfonlari One UI 4.1 grafik qobig‘iga o‘tmoqda.

Proshivkani qabul qilayotgan yolg‘iz Galaxy S20 FE emas, Galaxy A71 ham Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 yangilanishiga ega bo‘lmoqda. Bu smartfon uchun birinchi Android 12 operatsion tizimi bo‘lib, u mart oyi xavfsizlik patchini ham o‘z ichiga oladi. Hozirda BAA va Koreyadagi A71 foydalnuvchilariga yangi proshivka tarqatilmoqda. 

Shuningdek, Galaxy A52s 5G ham Koreya va Yevropa davlatlarida One UI 4.1 proshivkasiga o‘tishni boshladi. Avvalroq ushbu model One UI 4 qobig‘iga o‘tgan edi. Yangi One UI 4.1 esa eski tizimdagi bir necha muammolarga barham beradi hamda smartfonni mart oyi xavfsizlik patchi bilan ta’minlaydi. 

O‘QING: Apple iOS 15.4.1 yangilanishini chiqardi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!