Bir oyda nechta Galaxy S8 sotilgani ma’lum bo‘ldi

Bir oyda nechta Galaxy S8 sotilgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 21 aprelidan sotuvga chiqarilgan Samsung Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ smartfonlaridan bugunga qadar 5 million dona sotilgan. Bu to‘g‘rida The Investor nashri Samsung vakiliga tayanib xabar tarqatmoqda. Kompaniya Galaxy S8 va Galaxy S8+ gadjetlaridan ilk chorakda 16 mln dona sotishni reja qilgan.

Taqqoslash uchun aytamiz, tez sotilish bo‘yicha rekord iPhone 6s hamda iPhone 6s Plus’ga tegishli bo‘lib, flagmanlar ilk dam olish kunlarining o‘zida 13 million dona sotilgan edi.

Samsung Galaxy S8 va S8+ avvaliga AQSh, Kanada, Janubiy Koreyada, keyinroq jahonning boshqa hududlarida sotila boshlandi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, may oxirigacha flagmanlar jahonning 120 davlatida sotuvga chiqadi.

Tahlilchilarning fikricha, savdo o‘sishi shu taxlit davom etsa, 2-chorak yakuniga qadar 20 million dona, 1 yil ichida esa 60 million dona Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlari sotiladi. Yetkazib beruvchilarning fikricha, Galaxy S8 smartfoni Galaxy S8 Plus’ga qaraganda 15–20 %ga yaxshiroq sotilmoqda.

799 va 899 AQSh dollariga baholangan Samsung Galaxy S8 hamda S8 Plus yurtimiz smartfon bozorida 2017 yilning 10 mayidan 5.7 hamda 6.7 million so‘mdan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!