Bir oydayoq $264,5 mln keltirgan mobil o‘yin – PUBG Mobile yoki Roblox emas! (2021 yil, may)

  •   DiMaX
  •  1442
  •  12.06.2021 15:44

Bir oydayoq $264,5 mln keltirgan mobil o‘yin – PUBG Mobile yoki Roblox emas! (2021 yil, may)

SensorTower tahlil agentligi 2021 yilning may oyi holatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha eng serdaromad o‘yinlar reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra, xitoylik o‘yinsozlarning mahsuloti PUBG Mobile va Genshin Impact kabi mashhur taytllarni ham ortda qoldirgan.

O‘QING: Smartfon egalari yarim yilda qaysi o‘yin va ilovalarga eng ko‘p pul sarflashgan?

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan oyda eng serdaromad mobil o‘yinlar reytingida Honor of Kings yetakchilikka erishgan. Mazkur loyiha bir oydayoq mikrotranzaksiyalar bilan birga 264,5 million AQSh dollari miqdorida foyda keltirgan, bu esa aprel oyidagi daromadidan 13 foizga yuqori ko‘rsatkich!

Aniqrog‘i – umumiy (quyida – birinchi ustun) hamda App Store orqali olingan daromadi bo‘yicha reytinglarda Honor of Kings yetakchi. Google Play katalogi orqali foyda ko‘rishi (uchinchi ustun) bo‘yicha esa Lineage M o‘yini birinchilikka erishgan.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, «tishlangan olmali» gadjetlar orqali daromad ko‘rgan kuchli uchlikka yana PUBG Mobile hamda Genshin Impact o‘yinlari kirgan. «Yashil robotchali» devayslar sohiblari ko‘p pul sarflagan o‘yinlarning kuchli uchligiga esa Garena Free Fire va Coin Master loyihalari kirgan.

Qiziq fakt: reyting yetakchisi – Honor of Kings olayotgan daromadning naq 95 foizi, PUBG Mobile foydasining esa 56,6 foizi faqat xitoylik geymerlardan tushgan.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!