Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  2253
  •  20.11.2020 17:09

Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

Epic Games Store servisi yana hafta oxirida ikkita pulli o‘yinni bepul va butunlay bermoqda. Ularni 26 noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha olib qo‘yib, keyin istalgan paytda tekinga o‘ynayverish mumkin.

O‘QING: iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

Bu o‘yinlarning birinchisi geymerlarga yaxshi tanish bo‘lgan Elite Dangerous hisoblanadi. Mazkur fazoviy MMO-o‘yinda Somon Yo‘lidagi 400 milliard yulduz turkumini tadqiq etish, boshqa o‘yinchilar bilan olishish mumkin.

Kosmik sarguzashtlar ishqibozlari Elite Dangerous’ni ushbu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!

Vaqtincha bepul tarqatilayotgan ikkinchi o‘yin esa The World Next Door deb nomlangan bo‘lib, u noodatiy jang tizimiga ega sarguzashtli ekshendir. O‘yin bosh qahramoni – Emris nomli jodulangan olamga tushib qolgan o‘smir qizdir. Geymer unga Yerga qaytishda yordam berishi lozim, buning uchun esa o‘zga olam vakillari bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi...

The World Next Door sizni qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, mana bu havola yordamida uni Epic Games Store’dan olsangiz bo‘ladi. Lekin har ikkala o‘yinning bepulligi vaqtinchalik ekanligini yoddan chiqarmang.

O‘QING: Activision yana ikkita jangovar o‘yinni smartfonlarga ham chiqaryapti! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!