Bir umr bepul o‘ynash uchun galaktik strategiya o‘yinini 28 yanvargacha olib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  1583
  •  22.01.2021 16:01

Bir umr bepul o‘ynash uchun galaktik strategiya o‘yinini 28 yanvargacha olib qo‘ying!

Epic Games Store o‘yinlar do‘koni Galactic Civilizations III nomli o‘yinni bepul tarqata boshladi. Stardock Entertainment studiyasining ushbu mahsuloti galaktik strategiya yo‘nalishiga mansub.

O‘QING: 2021 yil davomida Xbox pristavkalari uchun chiqadigan 31 ta eksklyuziv o‘yin

Ishlab chiquvchilar Galactic Civilizations III o‘yinida geymerlarga biror irqni tanlash hamda uning sivilizatsiyasini rivojlantirishni taklif etishadi. Bunda turli texnologiyalar, kolonizatsiya, diplomatiya yoki urush kabi vositalardan foydalaniladi.

Bu o‘yinning yaxshi tomoni shundaki, har gal yangi boshlayotganda xarita o‘lchamini, sayyoralar va resurslar miqdorini, voqealarning qanchalik tez-tez yuz berishini va boshqa jihatlarini yangidan tanlaysiz. Shu boisdan har safar o‘yin jarayoni har xil kechadi. Buning ustiga, maqsadga har gal turli yo‘llar orqali erishish mumkin: harbiy qudratni qo‘llash, madaniy yoki tarixiy ustunlikdn foydalanig, siyosiy bitimlar tuzish kabi.

Galactic Civilizations III o‘yinining bepul berilish davri 28 yanvargacha davom etadi. Mana bu havola orqali o‘shangacha olib ulgursangiz, keyin istalgan payt uni bemalol o‘ynayverasiz.

O‘QING: Amir Temur sharafiga yaratilgan ilk videoo‘yin – «Mangu Sarkarda»ni qarshi oling! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.