Bir yil ichida universitetni tugatgan 11 yoshli bolakay kiborgga aylanishni rejalashtirmoqda!

  •   DiMaX
  •  756
  •  07.07.2021 09:23

Bir yil ichida universitetni tugatgan 11 yoshli bolakay kiborgga aylanishni rejalashtirmoqda!

Belgiyalik 11 yoshli bola Antverpen universitetini tugatib, fizika bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda 9NEWS ma’lumotiga asoslanib Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Loran Simons (Laurent Simons) akademik daraja olish uchun atigi bir yil sarfladi. Odatda buning uchun uch yil kerak bo‘ladi.

Endi vunderkind bola Flaman universiteti magistri bo‘lish haqida o‘ylayapti. Shundan keyin hech kimning xayoliga kelmagan rejalarini amalga oshirmoqchi.

«Men imkon qadar ko‘proq a’zolarimni sun’iysiga almashtirishni xohlayman», – deydi Simons.

Avvalroq u Bryugge maktabida bir yarim yil ichida to‘liq kursni tamomlagan.

Bola 2019 yil oxirida – 9 yoshida Eyndxoven Texnologiya universitetini elektrotexnika ixtisosligi bo‘yicha o‘qishni tugatishi kerak bo‘lganida dunyoga tanildi. Universitet ma’muriyati va ota-onasi o‘rtasida bitiruv sanasi bo‘yicha kelib chiqqan nizo tufayli Simons maktabni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!