Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

  •   DiMaX
  •  1892
  •  08.01.2020 16:16

Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

Oppo korporatsiyaga qarashli arzonchi brend kecha eng arzon 5G-smartfon – Realme X50 5G flagmanini taqdim etgan edi. Ayni ushbu tadbirda Realme kompaniyasi o‘zining boshqa yutuqlari va rejalari haqida ham so‘z yuritgan.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (1-hafta)

Ma’lum bo‘lishicha, bozorlarda 2019 yilning o‘zida jami 25 milliondan oshiq Realme smartfonlari sotigan. Bu esa 2018 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 500 foizga oshiqdir!

Realme joriy yilni ham shasht bilan boshlayapti: kompaniya smartfon yetkazib berishni endi yana 100 foizga oshirishni ko‘zlagan. Bu – 2020 yili dunyo bo‘yicha 50 milliondan oshiq Realme telefonlari sotiladi, deganidir.

O‘QING: Rivojlangan davlat aholisi qaysi kompaniyalar smartfonini ishlatmoqda?

Quyidagi grafik Realme brendining smartfon bozorida qanchalik shiddat bilan yuqorilab kelayotganini aks ettiradi:

Ko‘rib turibsizki, 2018 yilning uchinchi choragida Realme kompaniyasi sotilayotgan smartfonlar soni bo‘yicha 47-o‘rinda bo‘lgan. O‘sha yilning to‘rtinchi choragidayoq 15-o‘ringa ko‘tarilib olgach, 2019 yilning ikkinchi choragida u eng muvaffaqiyatli smartfonsozlar o‘ntaligiga kirgan. Bunchalik tezkor o‘sish Xiaomi va Huawei kabi gigantlarning tushiga ham kirgan emas!

Shuningdek, Realme ijrochi direktori Syuy Si (Xu Qi) alohida intervyuda ma’lum qilishicha, kompaniya bu yil 4G-smartfonlar ishlab chiqarishni butkul to‘xtatadi va faqat 5G-smartfonlar taqdim etuvchi dunyodagi ilk brendga aylanadi.

Bundan tashqari, kompaniya rahbari uning Realme TV televizorini namoyish etish rejasi borligini ham tasdiqlagan.

O‘QING: 2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari (Master Lu reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.