Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

  •   DiMaX
  •  6552
  •  17.02.2021 15:13

Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Ucell uyali aloqa operatori yaqinda «Sovg‘alar marafoni»: har oyda PlayStation 4, Apple Airpods, Galaxy Watch yoki Xbox One yutib olish imkonini taqdim etgan edi. Kompaniya endi «Cosmo» va «Special» tarif rejalari abonentlari uchun ajoyib xushxabar e’lon qildi.

O‘QING: «YueSeM Telekom» va MegaFon O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Xabarga ko‘ra, 2021 yilning 16 fevalidan «Cosmo» va «Special» tizimlaridagi tarif rejalari abonentlari uchun yangi – «U+» sodiqlik dasturi doirasida yillik takliflar amal qiladi.

Ushbu tariflar abonentlari abonent to‘lovini amalga oshirganda abonent to‘lovi miqdorining 5% qismini promo hisobga keshbek shaklida olishlari mumkin. To‘plangan promo birliklarni tegishli tarif rejalari abonentlari quyidagi takliflarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi:

  1. Bir yilga cheksiz Telegram
  2. Bir yilga O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar
  3. Bir yilga cheksiz YouTube
  4. Bir yilga cheksiz ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, OK, VKontakte)
  5. Bir yilga cheksiz Tas-IX

«U+» sodiqlik dasturining shartlari faqat «COSMO 16», «COSMO 23», «COSMO 28», «Special 35», «Special 45», «Special 55», «Special 70», «Special 80», «Special 100» va «Special 125» tarif rejalari abonentlari, shuningdek, «Kuzgi syurpriz» aksiyasi doirasida ulangan abonentlar uchun amal qiladi.

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun *470# USSD-so‘rovi yordamida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ushbu dastur doirasida xizmatlarni ulatish / xizmatlarni o‘chirish / xizmatlar haqida ma’lumot olish / to‘plangan mablag‘larni tekshirish *470# USSD-menyusi yordamida ham amalga oshiriladi.

«U+» dasturining taqdim etilish shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali Ucell saytidaagi tegishli sahifaga o‘tish mumkin.

O‘QING: Operator yana uchta tarifda megabaytlar, daqiqalar va SMS’lar limitlarini ko‘paytirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.