Birinchi «jonli» surat Galaxy S21 kamerasining joylashuvini ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2997
  •  24.10.2020 13:47

Birinchi «jonli» surat Galaxy S21 kamerasining joylashuvini ko‘rsatdi!

Shu haftaning boshida biz Samsung Galaxy S21 smartfonining ilk rasmlarini e’lon qilgan edik. Keyinroq esa Galaxy S21 Ultra modelining surati, uning standart flagman hamda Galaxy S21+ bilan o‘xshash va farqli jihatlari ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Samsung shoshib qoldi: Galaxy S21 ham shu yildayoq taqdim etiladi!

O‘sha render suratlarga asos bo‘lgan insayderlar xabarlari rost bo‘lib chiqadigan ko‘rinadi. Zero, tarmoq informatorlari endi Samsung flagmanlari uchun butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi zavodlardan olingan yangi faktni taqdim etishdi.

Aniqrog‘i – Galaxy S21 smartfoni uchun tayyorlangan kamera blogining ilk «jonli» surati internetga chiqdi:

Samsung Galaxy S21 modelining ekrani yassi va o‘lchami diagonaliga 6,2 dyuymga teng bo‘lishini aytishmoqda. Smartfonning korpusi o‘lchamlari esa 151,7x71,2x7,9 millimetrlik bo‘lishi kerak.

Shuningdek, janubiy koreyalik texnogigant uning old kamerasida ko‘pdan beri kutilayotgan bir texnologiyani ilk bor ishlatishi kutilmoqda...

O‘QING: Galaxy S21'larda Samsung uzoq kutilgan selfi kamera yechimini qo‘llashi mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!