Birinchi raqamli bloger «xayriya»dan voz kechib, YouTube’da rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1493
  •  10.05.2021 12:36

Birinchi raqamli bloger «xayriya»dan voz kechib, YouTube’da rekord o‘rnatdi!

Feliks Kelberg nomi sizga tanish – uning PewDiePie nomli kanali YouTube videoxostingida bitta shaxs tomonidan yuritiluvchi YouTube-kanallar orasida yuz millionlik marradan oshgan ilk vakildir. Ushbu ko‘rsatkichga birinchi bo‘lib hindlarning T-Series kanali erishgani haqida ham yozgandik.

O‘QING: Eng mashhur blogerlarning orqasida kim turibdi?

Sayyoraning eng ko‘p obunachiga ega vlogeri 2019 yili PewDiePie kanali orqali 13 million dollar foyda ko‘rib, eng serdaromad yutuberlar reytingida yettinchi o‘rinni egallagan. Feliks Kelberg o‘shanda, 2020 yili YouTube’ni tark etishini aytgandi, biroq unday bo‘lmadi, balki aksincha – kanali yanada gullab-yashnadi.

Kuni kecha esa Feliks o‘zining rekordini yangiladi – PewDiePie kanalining obunachilari 110 million nafardan oshdi! Socialblade servisi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ikkita kanal undan oldinda: T-Series (181 million) hamda Cocomelon — Nursery Rhymes (110 million). Lekin ular yakka bloger tomonidan yuritilmaydi va bu borada Kelberg rekordchi hisoblanadi.

O‘QING: «Tush buyoqqa, Despacito!» – YouTube tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videolar reytingida yangi lider

Avvalroq mazkur vloger o‘zining PewDiePie kanalida o‘z obunachilari tomonidan ko‘ngilli tarzda xayriya sifatida beriladigan pul mablag‘laridan – donatlardan voz kechgan edi.

Blogerning ta’kidlashicha, kanallarni donatlar bilan qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasi unga g‘alati tuyulgan; Feliks buni ko‘chada begonalardan sadaqa olishga o‘xshatgan. Garchi o‘zi pul olishdan voz kechgan bo‘lsa-da, u boshqa vlogerlarni ham shunday qilishga chaqirmaydi.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma e’lon qilganmiz. Shuningdek, bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, OK, VKontakte) olish usuli haqidagi xabarimiz bilan ham tanishishni tavsiya etamiz.

O‘QING: YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)