Samsung o'zining ilk Ultra noutbukini taqdim qiladi!

Samsung o'zining ilk Ultra noutbukini taqdim qiladi!

Bir oydan so'ng Samsung o'zining 2023-yildagi ilk katta taqdimotini o'tkazadi va unda Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlari taqdim qiladi. Flagmanlar taqdimotning yagona yulduzlari bo'lishmaydi – Janubiy Koreya kompaniyasi tez kunda yangi avlod Galaxy Book noutbuklarini ham taqdim qiladi.

The Tech Outlook sayti Galaxy Book 3 Pro, Galaxy Book 3 Pro 360 va Galaxy Book 3 Ultra noutbuklarining reklama suratlarini ulashdi. Suratlardan uchchala noutbuklar ham sezilarli darajada ingichka va metall dizaynga ega ekanligini ko'rishingiz mumkin.

Galaxy Book qatori uchun yangi bo'lgan "Ultra" model Apple'ning MacBook noutbukida bo'lgani kabi trek paneli ostida ekranni ko'tarish uchun tirqish joyi bor. O'z nomidan ma'lumki, Galaxy Book 3 Ultra kattaroq ekran, hamda, yuqori darajadagi texnik xususiyatlarga ega bo'ladi. Mish-mishlarga ko'ra, noutbuk 15.6 yoki 16 dyuymli Super AMOLED ekran bilan birga 13-avlod Intel Core i7/i9 protsessorlar jihozlanadi.

Galaxy Book 3 Pro va Pro 360 modellariga keladigan bo'lsak, suratlardan ular bir nechta USB-C portlari va microSD karta uyasiga ega bo'lishini bilib olishimiz mumkin. Bunda Galaxy Book 3 Pro uchta Type-C (katta ehtimol bilan Thunderbolt 4), ikkinchisi esa 360 gradusga buklanuvchan bo'lganligi uchun ikkita Type-C porti bilan ta'minlanadi. Galaxy Book 3 Pro 360, shuningdek, S Pen bilan ishlaydigan sensorli ekranga ham ega.

Yuqorida aytganimizdek, Samsung o'zining Galaxy Book 3 noutbuklar seriyasini Galaxy S23 smartfonlari bilan birga fevral oyida, uzunquloq xabarlar to'g'ri bo'lsa, kelasi oyning birinchi sanasida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy S24 Ultra kamerasi yanada yaxshilangan zum qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin