Bitcoin qulashda davom etmoqda

Bitcoin qulashda davom etmoqda

Bitcoin raqamli kriptovalyutasi narxi so'nggi 18 oy ichida birinchi marta $24,000 dan pastga quladi. Ayni vaqtda bitta Bitcoin narxi 23,732 AQSh dollarini tashkil qilmoqda va bu 2020-yil dekabridan beri kuzatilgan eng past ko'rsatkichdir.

Ma'lum bo'lishicha, bunday jiddiy pasayishga AQSh Federal rezerv stavkasining oshirilishi va inflatsiyaning davom etishi sabab bo'lmoqda.

Boshqa kriptovalyutalar ham kuchli qulashni qayd etishmoqda. Masalan, Ethereum ham oxirgi 7 kun ichida 35 foizga qulagan.

O'QING: Metaolam smartfoni?

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!