Bitkoin narxi salkam $48 000 ga yetdi – bu rekordga Tesla sababchi!

  •   DiMaX
  •  416
  •  10.02.2021 11:27

Bitkoin narxi salkam $48 000 ga yetdi – bu rekordga Tesla sababchi!

Ilon Mask yaqinda o‘zining Twitter tarmog‘idagi bitta chiqishi bilan bitkoin narxini yana 5000 dollarga oshirib yuborgan edi. Dunyodagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan ushbu tadbirkor va ixtirochi mazkur kriptovalyuta borasida bitta afsusini ham bildirgan. Lekin ko‘p o‘tmay...

O‘QING: Bitkoin narxini 5000 dollarga oshirgan Ilon Mask endi boshqa kriptovalyutani «kosmosga uchirdi»

Kuni kecha esa bitkoin narxi yana rekord darajaga ko‘tarilgan va bunda ayni shu milliarderga tegishli Tesla kompaniyasi sababchi bo‘lgan. Gap shundaki, mazkur avtomobilsoz bitkoin uchun naq bir yarim milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bundan tashqari, u kelajakda o‘z elektrokarlariga kriptovalyuta bilan to‘lov qilish imkoniyatini ham yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini e’lon qilgan.

Ushbu bayonotdan so‘ng bitta bitkoin virtual tangasining narxi 44 000 dollardan rekord darajadagi – 47 899 dollargacha ko‘tarilgan. Keyinchalik u yana arzonlashgan, ammo baribir avvalgi qiymatidan yuqori baholanmoqda.

Darvoqe, Tesla Model 3 avtomobili 2020 yili eng ko‘p sotilgan o‘nta elektromobil reytingida birinchi o‘rinni olgan. Lekin, agar ikkinchi o‘rindagi yangi Xitoy elektrokarining savdosi shu sur’atda davom etsa, 2021 yilning oxiriga borib u o‘zib ketishi mumkin.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!