Bitkoinning yangi rekordi – u bir yilda 15 baravarga qimmatlab, narxi 60 ming dollardan oshdi!

  •   DiMaX
  •  376
  •  15.03.2021 10:09

Bitkoinning yangi rekordi – u bir yilda 15 baravarga qimmatlab, narxi 60 ming dollardan oshdi!

20221 yil 13 martdagi savdo paytida bitkoinning narxi kriptovalyuta tarixida birinchi marta 60 ming dollardan oshdi. Bu haqda Meduza xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Tesla bir yillik elektrokar savdosidan ko‘ra bir oyda bitkoinda ko‘proq daromad oldi!

O‘tgan bir kun davomida bitkoin 6 foizga qimmatlashdi. Kriptovalyutaning narxi bo‘yicha avvalgi rekord 21 fevralda qayd etilgan edi – u paytda bitta bitkoin 58 ming dollarga tushdi.

To‘liq bir yil oldin, 2020 yil 13 martda bitkoinning narxi mahalliy minimal darajaga yetgan edi – kriptovalyutaning birligi taxminan 4 ming dollar (bir oy oldin bu kurs deyarli 10 ming) edi. Shundan so‘ng bitkoin narxi barqaror ravishda o‘sib bordi – mart oyining oxiriga kelib u allaqachon 6,8 mingga, 2020 yil o‘rtalarida – 9,2 mingga va 2021 yil 1 yanvargacha 29 mingga teng edi.

O‘QING: Toshkentda naq 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!