Bitta iPhone 14 Pro Max'ni ishlab chiqarish Apple'ga qanchaga tushadi?

Bitta iPhone 14 Pro Max'ni ishlab chiqarish Apple'ga qanchaga tushadi?

Nikkei Asia eng so‘nggi iPhone modellarining tannarxi 20% oshganini ma’lum qildi. Bu barcha davrlar uchun rekord darajadagi o‘sish hisoblanadi. Ayni vaqtda bitta iPhone 14 Pro Max modelini ishlab chiqarish harajati 501 dollarni tashkil qiladi. 

O‘tgan yilgi iPhone 13 Pro Max'ni ishlab chiqarish uchun kompaniya 461 dollar sarflaganini hisobga olsak, ishlab chiqarish narxlari sezilarli darajada oshgan. Bunga asosiy sabab qilib A16 Bionic chipini ko‘rsatish mumkin. Bitta ushbu chipning narxi 110 dollarni tashkil qiladi. 

Nikkei saytining yozishicha, 2018 yilda Pro Max model taqdim etilganda uning tannarxi 400-450 dollar atrofida bo‘lgan edi. Biroq shu kungacha smartfonlarning ishlab chiqarish narxi tobora o‘sib bormoqda. 

Yangi iPhone 14 Pro Max modeliga o‘rnatilgan A16 chipining narxi iPhone 14 va 14 Plus modellaridagi eski A15'nikiga qaraganda 2.4 baravarga oshgan.

Narxlarning oshishining yana bir sababi - Sony'ning yangi CMOS sensoriga bog‘liq. Hajmi 30% ga kattalashgan sensorning narxi ham o‘z navbatida 50% qimmatlashdi. Hozirda ushbu xom ashyoning narxi 15 dollarga yetdi. Apple iPhone uchun displeylarni Samsung'dan sotib oladi. Bu kelishuv bir necha yillardan beri davom etmoqda. 

iPhone 14 modellarini komponentlar bilan ta’minlaydigan AQSh kompaniyalari umumiy narxning uchdan biriga egalik qiladi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilgiga qaraganda bu yil 10% ga oshgan. iPhone'lar uchun Apple'ni komponentlar bilan ta’minlaydigan eng katta ikkichi ta’minotchi Janubiy Koreyada hisoblanadi. 

Xitoyning bu borada ulushi tobora kamayib bormoqda. Kupertinolik kompaniya iloji boricha Osiyo bozoriga qaramlikni kamaytirishga harakat qilmoqda.  

O‘QING: Pixel 7 smartfonlari bilan sizga ortiqcha VPN dasturlari kerak bo‘lmaydi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!