Bitta mashina puliga hashamatli aqlli soat

Bitta mashina puliga hashamatli aqlli soat

Smartfon va aksessuarlarning hashamatli materiallardan tayyorlangan variantlarini chiqaradigan taniqli Caviar brendi bu safar Apple'ning Watch 7 seriyasidagi smartsoatlarining eksklyuziv versiyalarini chiqardi.


Moon (Oy) nomli qatorda chiqarilgan aqlli soatlar oltin va qora, oq, qizil bronza qimmatli metallaridan tayyorlangan to'rt xil modelni o'z ichiga olgan bo'lib, ularning asosiy dizayni Swiss soatlarining Patek Philippe Sky Moon Tourbillon va Vacheron Constantin Metiers d'Art soatlariga asoslangan bo'lsa, naqshlari XIX asrning taniqli o'ymakori bo'lgan Gustav Young ishlaridan ilhomlanib yaratilgan. Ularning orasida Gold Moon modeli eng qimmati bo'lib, Apple Watch 7'ning 18k oltin bilan qoplangan soat ramkasi haqiqiy jigarrang timsoh terisidan tayyorlangan kamarga biriktirilgan va u faqat 8 ta nusxada chiqariladi. Narxi esa bugungi kundagi bitta Chevrolet Equinox narxidan ($26,300) qimmat: $27 210.

Qolgan modellar ham bir xil dizaynda, lekin boshqa materiallar: oq, qora va oddiy bronza metalidan qilingan bo'lib, ularning kamarlari haqiqiy timsoh terisidan qilingan va ular 99 nusxada chiqariladi. Narxlari esa qora bronzali Dark Moon Apple Watch 7 uchun $3 730, Blood Moon Apple Watch 7 uchun $3 640, Night Moon Apple Watch 7 uchun esa $3 540 qilib belgilangan.

O'QING: Afsonaviy o'yin konsoli qaytmoqda!

 
 
 
 
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!