Bitta operatordan ikkita xushxabar: 90% chegirma va...

  •   DiMaX
  •  4272
  •  29.08.2020 16:22

Bitta operatordan ikkita xushxabar: 90% chegirma va...

Ucell aloqa operatori yaqinda Telegram orqali «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» xizmatini joriy etgan edi. Mazkur kompaniya bugun o‘z mijozlariga yana ikkita qulaylik yaratayotganini e’lon qildi.

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

Bulardan biri – ta’limiy internet-resurslarga narxlanmaydigan kirish muddatining uzaytirilishidir. Ucell xabariga ko‘ra, abonentlar quyidagi saytlarga to 7 oktyabrgacha bepul kirishlari mumkin:

  1. dtm.uz
  2. 5fan.dtm.uz
  3. onlinetest.dtm.uz
  4. nsfla.dtm.uz
  5. online.inha.uz
  6. xanakademiyasi.uz
  7. online-maktab.uz
  8. maktab.uzedu.uz
  9. talim.uzedu.uz
  10. utube.uz
  11. itschool.uz
  12. coronavirus.uz
  13. maktab.piima.uz
  14. ziyonet.uz
  15. tube.edu.uz
  16. dist.edu.uz
  17. mt.edu.uz
  18. pf.bimm.uz
  19. lib.bimm.uz
  20. mt.bimm.uz

 Mazkur resurslardan bepul foydalanish shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali Ucell saytiga o‘ting.

O‘QING: 💥SIZ KUTGAN MA’LUMOT! Qaysi operatorning abonentlari eng ko‘p? (+infografik video)

Ucell bugun e’lon qilgan ikkinchi xabar esa chiroyli raqamlar ishqibozlariga ma’qul keladi. Unga ko‘ra, kompaniya «Silver» va «Bronze» toifalaridagi raqamlarga 90% chegirma e’lon qilgan.

Mazkur chegirma aksiya xarakteriga ega bo‘lib, 1 sentyabrdan to 23 sentyabrgach amal qiladi. Operator bunda raqam tanlashingiz oson bo‘lishi uchun «Raqam tanlash» xizmatidan foydalanishni tavsiya etgan.

Chiroyli raqamlarni Ucell ofislarida ham, dilerlik nuqtalarida ham xarid qilish mumkin.

O‘QING: Qachondan mobil telefon raqamingizni o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish mumkinligini bilasizmi?