Bitta "tishlangan olma" oyiga ellik dollardan

Bitta

Yaqinda Apple kompaniyasi o‘z iPhone va boshqa qurilmalarini sotish o‘rniga oylik ijaraga berish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu xizmat foydalanuvchilarga qurilmalarni to‘liq sotib olmasdan, ya’ni smartfonga egalik qilmasdan, ma’lum vaqt ishlatib yurish, yangi qurilma chiqsa, ijaradagi eskisini tashlab, o‘rniga yangi qurilmani ijaraga olish imkonini beradi. Kupertinolik kompaniya uchun esa bu xizmat sotuvlarni oshirib, mo‘may daromad keltiradi.

Hozirda har yili chiqadigan yangi avlod iPhone'larini faqat Apple'ning ashaddiy muxlislari olishadi. Aksariyat iste’molchilar esa o‘zlari faqat zarur deb hisoblaganlarida yangilaydilar, masalan:

  • Smartfon ekrani yorilgan va garchi u ishlab turgan bo‘lsa ham yangi qurilma sotib olish kerak;
  • Telefon shu qadar eskiki, u eng so‘nggi iOS yoki yangi dasturni ishga tushira olmaydi;
    Kattaroq ekran yoki ko‘proq xotira kerak;
  • Va, ha, ba’zida yangi iPhone dizayni juda jozibali bo‘lib, uni sotib olishga arziydi.

Statistikaga ko‘ra o‘rtacha iPhone foydalanuvchisi har uch yilda o‘z qurilmasini $825 ga yangilaydi. Aynan shu sabab Apple o‘zining qurilmalarini ijaraga berish ustida ishlamoqda. Taniqli Apple tahlilchisi Mark Gurmanning ma’lum qilishicha, iPhone 13, Pro va Pro Max uchun oylik ijara narxlarni $35, $45 va $50 bo‘lishi mumkin. Bunda kompaniya quyidagicha foyda ko‘radi:

iPhone 13 (oyiga $35 dollar): uch yilda bir martalik $799 dollar o‘rniga $1260 dollar
iPhone 13 Pro (oyiga $45): $999 o‘rniga $1620
iPhone 13 Pro Max (oyiga $50): $1099 o‘rniga $1800

Buning mijozlarning foydasi esa yangi iPhone uchun yuzlab dollarlarni oldindan to‘lash shart emas. Shuningdek, ular har uch yilda emas, balki har yili eng yangi modelni olishadi. Eski modellarni esa Apple ikkilamchi bozorga qaytaradi va ularni yana ijaraga berish bilan yanada ko‘p pul ishlashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya o‘zining raqamli Apple One obunasini yoki Apple Care texnik xizmati obunasini ham iPhone ijrasiga qo‘shib, yanada ko‘proq pul ishlab topishi mumkin.

Apple bu xizmatini qachon chiqarishi hozircha noma’lum, lekin katta ehtimol bilan shu yili chiqarishi mumkin.

O‘QING: Qachon Apple ham buklamafon chiqaradi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!