Bitta uy narxida kompyuter sotuvga chiqdi, olasizmi?

  •   DiMaX
  •  3097
  •  11.12.2019 15:40

Bitta uy narxida kompyuter sotuvga chiqdi, olasizmi?

Apple shu yilning 3 iyunida yangi avlod Mac Pro statsionar kompyuterini taqdim etgan edi. Tashqi ko‘rinishi sababli ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hazillarga sababchi bo‘lgan ushbu qurilma endi savdoga qo‘yildi.

O‘QING: Apple Mac Pro rostdan ham qirg‘ich bo‘la oladimi?

Mac Pro – yuksak samaradorlik talab etuvchi professional vazifalarga mo‘ljallangan kompyuterdir. Masalan, videolarni montaj qilish, 3D-grafika va maxsus effektlar bilan ishlash, deganday... Shunga yarasha, bu qurilmaning narxi ham osmonda, sifati ham!

Shu sababli Mac Pro’larni ko‘pchiligimizning uyimizda, ofislarda, hattoki o‘yin klublarida turgan eng kuchli kompyuterlar bilan ham solishtirib bo‘lmaydi. Unda boshqacha, o‘yinlarga moslashtirilmagan videokarta va protsessor o‘rnatilgan. Shuningdek, Apple bu kompyuterlarini ommaviy ishlab chiqarib sotmaydi – xaridor uning saytida o‘ziga moslab terib buyurtma qiladi.

Masalan, yiliga milliard dollarlab daromad ko‘radigan Disney kabi kompaniyalar filmlar ustida ishlash uchun o‘zi maxsus kompyuter terib o‘tirmaydi-da, nufuzli ishlab chiqaruvchining tayyor takliflarini ko‘rib chiqadi.

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Shunday qilib, Apple rasmiy saytida Mac Pro kompyuterlarini hozircha faqat AQShdan turib xarid qilish imkoni mavjud. Uning eng past ko‘rsatkichlarga ega (shundayam ancha-muncha kuchli kompyuter bilan bellasha oladigan) konfiguratsiyadagi boshlang‘ich versiyasi 6 ming dollarga tushadi.

Eng yuqori konfiguratsiyadagi Mac Pro qanday bo‘lishiga qiziqyapsizmi? Uning jamlanmasiga naq 28 yadroli Intel Xeon W protsessori, 1,5 terabayt (!) hajmli tezkor xotira, 4 terabaytlik SDD-xotira, ikkita Radeon Vega II Duo videokartasi kiradi. Bunday kompyuterning narxi esa salkam 53 ming dollarga boradi! Bu pulga Toshkentdan tayyor kvartira sotib olish mumkin, tasavvur qilyapsizmi!?

Mac Pro’ning nafaqat o‘zi, balki qo‘shimcha aksessuarlari ham shunaqa qimmat. Masalan, korpus uchun metall g‘ildirakchalar 400 dollar turadi.

Siz bunaqa qimmat narxda kompyuter olmasangiz kerak, shu boisdan Terashop.uz internet-do‘konimizda kompyuter terib olishingiz yoki narxi 2 535 000 so‘mdan boshlanuvchi noutbuklardan birortasini xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Mana, «Oxirzamon kompyuteri» ham tayyor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.