Bitta viloyat va 11 ta tuman hokimliklarining saytlariga xakerlar hujum qildi!

  •   DiMaX
  •  1123
  •  06.01.2021 12:50

Bitta viloyat va 11 ta tuman hokimliklarining saytlariga xakerlar hujum qildi!

Bugun – 2020 yilning 6 yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi bir qator tuman va shaharlar rasmiy saytlari xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga tayanib Kun.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: «O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

«Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 2021 yilning 6 yanvar kuni viloyat, shahar va tumanlarning rasmiy saytlari xakerlar hujumiga uchraganligini ma’lum qiladi», deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy saytida xakerlar tomonidan viloyat hokimiga murojaat yozib qoldirilgan.

«AKT bo‘limiga universitetni otasining puliga tugatgan kattakonlarning bolasini emas, soha bo‘yicha haqiqiy mutaxassislarni ishga oling. Biz bugun hokimiyat tizimiga kirib bordik. Agar yaxshi mutaxassislarni e’tiborga olib, ularga qimmatli vaqtingizni ajratmasangiz, butun internetda sizning yopiq qaror va farmoyishlaringiz sharmandalarcha tarqaladi. Xavotir olmang, sizning ‘tupoy’ AKT xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik», deyiladi unda.

Viloyat hokimligi saytidan tashqari Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Oltinsoy, Muzrabot, Denov, Uzun, Angor va Qiziriq tumanlari hokimliklari saytlari ham xakerlar hujumiga uchragan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari ko‘rilayotgani va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilgan.

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!