Biznesni boshlash va rivojlantirish buyicha foydali internet xizmatlari

Biznesni boshlash va rivojlantirish buyicha foydali internet xizmatlari

Biror faoliyatni boshlash va rivojlantirishga yordam beradigan, hattoki kichik sarmoya bilan yoki “nol”dan boshlamoqchi bo‘lganlar uchun shunday “beminnat” internet xizmatlari mavjudki, bugungi kunga kelib ular yordamida internet foydalanuvchilari yaxshigina natijalarga erishmoqda. Biz esa biznesingiz va shaxsiy rivojlanishingiz uchun foydali bo‘lgan bir qancha internet xizmatlar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Umuman olganda, internetdagi xizmatlar uchta asosiy toifaga bo‘linadi:

  1. Bozorni o‘rganuvchi xizmatlar;
  2. Saytlar, logotiplar, ko‘rgazmalar yaratish bo‘yicha xizmatlar;
  3. Biznesni rivojlantirish bo‘yicha xizmatlar;

Bozorni o‘rganuvchi xizmat turlari

 Think with Google

Ushbu xizmat yordamida siz  tadbirkorlar uchun qidiruv so‘rovlari, internet foydalanuvchilarining xarakatini, iste’mol talabini, bozorlarni taxlil kilishingiz va tadkikotlar uchun zarur bo‘lgan turli xil statistikalarni topishingiz mumkin.

Картинки по запросу Think with Google

Yandex Wordstat

Bu hizmat Yandex qidiruv tizimining qo‘shimcha xizmati hisoblanadi. Unda siz turli xil mavzular va kalit suzlar orkali, shuningdek, foydalanuvchi kizikishi buyicha batafsil statistikani olishingiz mumkin bo‘ladi.

Картинки по запросу Yandex Wordstat

Google Trends

Dunyodagi yeng ko‘p kidiruv so‘rovlarni kursatadigan Google platformasidir. Bunda siz aniq mikdori yo‘k, ammo talabning ortib borayotganini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Google trends yordamida siz aynan bir maxsulot yoki xizmat uchun talabning mavsumiyligini tekshirish imkoniga ham egasiz.

Картинки по запросу Google Trends

 

Statistika auditorii Facebook

Facebook’ning ushbu xizmat turi bizga odamlar hakida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi: ular nimani yoktiradilar, oilaviy ahvoli, qizikishlari va nimani xohlayotganlari kabi. Facebook statistikasi shuningdek, odamlarning daromadini, oilaviy sharoitini, yashash joyini, sotib olishni xohlaydigan maxsulotlari haqidagi  ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Картинки по запросу Статистика aудитории Facebook 2017

Saytlar, logotiplar, turli ko‘rgazmalar uchun foydali internet xizmatlari

Logaster

Tovar va xizmat turlari uchun saytlar, logotiplar yaratish uchun onlayn platforma bo‘lib, bunda sizdan mukammal dizaynerlik yoki mukammal kompyuter texnologiyalarini bilishingiz talab etilmaydi. Logolar, saytlar yaratish uchun tayyor shablonlar bor va siz bulardan foydalansangiz bo‘ladi.

Canva

Ushbu xizmatda ham tayyor shablonlar yordamida turli grafik fayllar yaratasiz. Canva onlayn platforma bo‘lib, sodda interfeysga ega. Shuningdek, ushbu dastur katta miqdordagi tayyor andozalar, piktogrammalar, tayyor shablonlar va shriftlar kutubxonasiga egaligi bilan ham ajralib turadi. Kreativ, noodatiy, zamonaviy grafik mahsulotlar yaratishingiz uchun Canva eng yaxshi platformalardan biridir.

Картинки по запросу Canva

Tilda

Ushbu internet xizmati yordamida siz sayt yaratasiz. Tilda’da shaxsiy veb-saytingizni, internet do‘koningizni yoki oddiy bir saxifali blogingizni yaratish imkoniga egasiz. Buning uchun saytda 450 dan ortik bloklar, shablonlar bor va ayni paytda shaxsiy dizaynli sayt yaratish uchun funksiyalari ham  mavjud.

Картинки по запросу Tilda

Internet reklama va reklama xizmatlari

Ads Manager

Ushbu xizmat Facebook’dagi reklama menejeri bo‘lib, reklamangizni Facebook va Instagram’ga joylashtirish imkonini beradi. Reklamani yaratishda siz yosh, jins, kizikishlar, yashash joying va boshka malumotlarga ko‘ra tanlashingiz mumkun. Yaratilgan reklamalar Facebook va Instagram’ning lentasida foydalanuvchilarga ko‘rsatib turiladi. O‘ylaymizki, yurtimizda Facebook va Instagram foydalanuvchilari ko‘p, vaholanki, ular bunday reklamalarga duch kelishgan.

Qoovee

Ulgurji savdo va biznes xizmatlari uchun onlayn savdo maydonchasidir. Bu yerda ulgurji savdo va 50 dan ortik mamlakatning yuz minglab shirkati va tadbirkorlari uchun xizmatlarni taklif kilinadi.

Qoovee’ning o‘ziga hos tomoni tovar va xizmatlarni yetkazib  beruvchilari, mijozlar va xamkorlarni topish uchun sodda tizimligidir. Sayt yordamida sotuvchi va xaridorlar bitim tuzishlari mumkin. Bunda shartnomalar rasmiy tarzda ximoyalangan bo‘ladi.

Картинки по запросу Qoovee

Yandex Direct

Yandeks kidiruv tizimida reklamangizni joylash imkonini beradigan xizmat hisoblanadi. Yandex Direct tovar va xizmatlaringizni kalit so‘zlar, geografik joylashuv va boshqa parametrlarga bog‘liq holda  reklama qilib beradi.

Похожее изображение

YouTube reklama

Dunyoning yeng ommabop video xostingida reklamangizni joylashtirish sizga katta foyda olib kelishi aniq! Siz Youtube’da reklamalarni joylashtirishingiz va videolaringizni butun dunyodagi odamlarga kursatishingiz yoki shahringizdagi odamlarga kursatishingiz mumkun. Siz shaxsiy auditoriyangizni yaratishingiz va Youtube reklama xizmati yordamida reklama boshlashingiz mumkun. Bunda siz faqat ko‘rishlar soniga pul to‘laysiz.

Похожее изображение

Google Ads

Dunyoning eng katta qidiruv tizimida tovar va xizmatingizni reklama qilish imkonini beradigan dastur. Google Ads tovar va xizmatlaringizni kalit so‘zlar, geografik joylashuv va boshqa parametrlarga bohliq holda reklama qilib beradi.

Картинки по запросу Google Ads

Google Ads’da siz reklama byudjetingizni o‘zingiz belgilab olasiz.

Agar siz ushbu xizmatlardan unimli foydalana olsangiz biznesingiz va ish faoliyatingiz yanada tez rivojlanadi.

O‘QING: Internetda qanday pul topsa bo‘ladi?

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.