Black Shark 2 Pro taqdim etildi – AnTuTu’ning yangi qiroli! (+video)

  •   DiMaX
  •  1034
  •  31.07.2019 18:14

Black Shark 2 Pro taqdim etildi – AnTuTu’ning yangi qiroli! (+video)

Xiaomi kompaniyasi, o‘zi va’da qilganidek, 30 iyul kuni o‘yinbop Black Shark 2 Pro smartfonini namoyish etdi. Mazkur qurilma Qualcomm yaqinda taqdim etgan eng kuchli Snapdragon 855 Plus protsessoriga asoslangan.

O‘QING: MediaTek allaqachon Snapdragon 855 Plus raqibi – Helio G90 flagmanini tayyorlamoqda!

Black Shark 2 Pro modelining tezkor xotirasi LPDDR4X turiga mansub bo‘lib, 12 gigabaytlik hajmga ega. Smartfon doimiy xotirasi 128 hamda 256 gigabaytlik variantlarda, tegishlicha 435 va 508 dollarlik narxda sotuvga chiqadi. Xaridorlar odatdagi kumushrang va qoradan tashqari, yana moviy, siyohrang va apelsin rangli korpuslarda ham taklif etiladi.

Mazkur geymerofon yangilangan turdagi suyuqlikli sovitish tizimi qo‘llangan. Uning yordamida Snapdragon 855 Plus uzoq muddat mobaynida maksimal chastotada ishlay oladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, AnTuTu imtihonida bu model 500 000 balldan oshiq natija ko‘rsatgan – bunisi endi rekord!

Black Shark 2 Pro diagonaliga 6,39 dyuymlik AMOLED ekran bilan jihozlangan, uning tasvir aniqligi esa 2340 x 1080 pikselni tashkil etadi. Displey teginishlarga 34,7 millisoniya tezlikda javob beradi, tag‘in ekranga turlicha kuch bilan bosishda har xil ta’sirlanuvchi Magic Press 2.0 texnologiyasi joriy etilgan. Bulardan tashqari, ekranning miltillashini bartaraf etuvchi DC Dimming 2.0 texnologiyasini ham ta’kidlab o‘tish o‘rinli.

O‘yinbop smartfonning bosh kamerasiga 48 megapiksellik Sony IMX586 datchigidan tashqari 13 megapiksellik qo‘shimcha modul ham o‘rnatilgan. Selfilar uchun esa 20 megapiksellik kamera ajratilgan.

Black Shark 2 Pro akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatlik bo‘lib, 27 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi. Yana bir urf bo‘lgan texnologiya – daktiloskopik datchikni ham ekranga integratsiya qilishgan.

O‘QING: Xiaomi kutilmaganda hamyonbop smartfonini yana 30 dollarga arzonlashtirdi!

Mana, «Xitoycha Apple»ning o‘zi Black Shark 2 Pro geymerofoniga bag‘ishlab tayyorlagan rasmiy videolavhani ko‘ramiz:

Xiaomi mazkur flagmanini Xitoyning o‘zida 2 avgustdan sota boshlaydi. Uning xorijiy bozorga chiqarilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, ammo kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.