Black Shark 3 hamda Red Magic 5G geymerofonlarini yakson etuvchi Lenovo Legion ilk rasmiy suratda!

  •   DiMaX
  •  749
  •  17.03.2020 15:53

Black Shark 3 hamda Red Magic 5G geymerofonlarini yakson etuvchi Lenovo Legion ilk rasmiy suratda!

Xiaomi korporatsiyasi «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» deya maqtagan Black Shark 3 geymerofonini ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasining Red Magic 5G modeli AnTuTu’da tor-mor etgan. Lenovo kompaniyasi esa Legion smartfoni bilan ularning barchasini yakson etishga va’da bergan.

O‘QING: Eng kuchli flagmanlar va o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil fevral)

Lenovo Legion turkumida shu paytgacha bir qator o‘yinbop noutbuklar chiqqan, endi esa ular safiga smartfon ham qo‘shiladi. Kompaniya avvalroq uning konstruksiyasida ilg‘or sovitish tizimi hamda yuqori quvvatli tezkor zaryadlash texnologiyasi bo‘lishini aytgandi. Endi esa u Legion geymerofonining dizaynini ham rasmiy tizer orqali oshkor etdi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan ushbu banner Lenovo Legion smartfonining nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki turli aksessuarlarini ham aks ettirgan. Ya’ni, mazkur qurilma jamlanmasida g‘ilof va geympad ham bo‘ladi; yana bir detal esa simsiz quloqchin keysi bo‘lsa kerak.

Suratga ko‘ra, smartfon bosh kamerasi qo‘shaloq bo‘lib, orqa panelning markazga yaqinroq joyida gorizontal joylashadi. Avval sizib chiqqan ma’lumotlarda esa Lenovo Legion ayni damdagi eng ilg‘or Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 865 bazasiga quriladi. Uning akkumulyatori 55 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lishi aytilmoqda, ammo boshqa jihatlari noma’lum.

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.