Black Shark 5 Pro taqdim etildi: Snapdragon 8 Gen1 chipli monster!

Black Shark 5 Pro taqdim etildi: Snapdragon 8 Gen1 chipli monster!

Beshinchi avlod Black Shark modellari rasman taqdim etildi. Ularning biri Snapdragon 8 Gen1, biri Snapdragon 888+, yana biri esa Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan. 

Black Shark 5 Pro 

Seriyadagi top model Black Shark 5 Pro hisoblanadi. Ushbu qurilmani ichidagi Snapdragon 8 Gen1 chipini sovutib turish uchun uning ustiga 5000 mm² kattaligidagi maxsus qoplam joylashtirilgan. Chip 16GB tezkor hamda 512GB xotira bilan integrallashgan. 

Xotira NVMe SSD va odatiy UFS 3.1 (ya’ni, 512GB - 256+256GB) o‘rtasida teng taqsimlangan. DM Cache deb ataladigan texnologiyadan foydalanib, Black Shark tasodifiy o‘qish va yozish samaradorligini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, LPDDR5 (6,400 Mbit/s) tezkor xotiradan ayrim holatlarda RAM diskini yaratish uchun foydalanish mumkin.

Smartfon yuqori samaradorlikdagi akkumulyatorga ega. U 4650 mAs sig‘imga ega va 120 vatt zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma atigi 15 daqiqa vaqt sarflaydi. Shuningdek, haroratni nazorat qilish rejimi orqali akkumulyatorni nisbatan sekinroq quvvatlash ham mumkin.  

Black Shark 5 Pro modeli 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ushbu 10-bitli panel HDR10+ va DCI-P3 rang gamutini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda ikkita yorug‘lik sensori mavjud (biri old tomonda va biri orqada), shuning uchun yorqinlikni tashqi muhitga qarab sozlash mumkin.. 

Displey 144 gerts yangilanish chastotasi va 720 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning yon tomonida o‘yin rejimini ishga tushiruvchi tugma bo‘lib, u korpusdan sizib chiqadi. 

Smartfonda ikkita simmetrik dinamiklar joylashgan. DxOMark audio reytingida qurilma 86 ball bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Smartfon ichiga X o‘qi chiziqli haptik dvigatel o‘rnatilgan. To‘rt tomonda esa mikrofonlar joylashgan bo‘lib, endi ovoz yanada tiniq yozib olinadi. 

Orqa tomonda 1/1.52 dyuymli 108MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera va 5MP telemakro kamera joylashgan. Smartfon 2 aprel sanasida sotuvga chiqadi. Uning narxi 660 dollardan boshlanadi. Bu faqat Xitoy bozori uchun, global versiya keyinchalik taqdim etiladi. 

Black Shark 5 RS 

Ushbu model Snapdragon 888 yoki 888+ chiplari bilan jihozlangan. Snapdragon 888+ chipining 12/256GB xotiraga ega turi mavjud. Chipsetdan tashqari RS model ko‘p jihatdan Pro modelga o‘xshab ketadi. Uning ham xotirasini SSD hamda UFS'larga ajratish mumkin. Chipset ikki tomondan maxsus qoplam orqali sovutiladi. 

Smartfondagi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator 120 vattda quvvat oladi. To‘liq quvvatlanish uchun u ham 15 daqiqa vaqt sarflaydi. 

1300 nitdagi 6.67 dyuymli AMOLED displey HDR10+ va DCI-P3 rang gamutini qo‘llab-quvvatlaydi. Pro model kabi RS'ning ekrani ham 144 gerts yangilanish chastotasi hamda 720 gerst sensorli namuna olish chastotasida ishlaydi. 

Qurilma Hi-Res Audio va DTS-X Ultra funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamikka ega. Pro medeldan farqli o‘laroq ushbu modelda 3.5 mm audio jek mavjud. Asosiy kamera 64 megapikselga pastlagan, biroq qolgan ikki kamera Pro modelniki bilan bir xil, ya’ni asosiy kameraga qo‘shimcha 13MP ultrakeng va 5MP telemakro kameralar orqa paneldan o‘rin olgan. 

Black Shark 5 RS ham 2 aprel sanasidan sotuvga chiqadi. Uning narxi 520 dollardan boshlanadi. 

Black Shark 5 

Ushbu model Snapdragon 870 chipiga ega bo‘lib, unga ham sovutish uchun maxsus qoplam o‘rnatilgan. Smartfonda SSD yo‘q, faqatgina 8/12GB LPDDR5 va 128/256GB UFS xotira turlari mavjud holos. 

Smartfon 144 gerts yangilanish chastotasi hamda 144 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Magnetli tugma ham smartfonning yon tomonidan o‘rin olgan. 

Kameralar texnik ko‘rsatkichlari RS modeliniki bilan bir xil, ya’ni Black Shark 5'ga ham 64+13+5 megapikseldagi kameralar o‘rnatilgan. Selfi kamera rezolyutsiyasi esa 20 megapikselni tashkil qiladi. 

Smartfondagi 4,650 mAs sig‘imli akkumulyator 120 vattda quvvat oladi. To‘liq zaryadlanish uchun qurilma 15 daqiqa vaqt sarflaydi. Black Shark 5 modeli 2 apreldan sotuvga chiqadi. Uning narxi 425 dollardan boshlanadi. 

Aksessuarlar 

Black Shark 5 modellari bir necha aksessuarlar bilan taqdim etildi. Ular orasida Snapdragon Sound platformasiga asoslangan Black Shark simsiz quloqchinlari mavjud. Quloqchin faol shovqinni qaytarish funksiyasiga ega. Biroq, ovozning yetib kelishinunchalik tez emas. 

Quloqchin IPX8 suvdan himoya standartiga ega bo‘lib, quvvatlash qutisi bilan birga 30 soat vaqt davomida ishlab berishi mumkin. Uning narxi 71 dollarni tashkil qiladi. 

Aksessuarlar orasida quvvatlagichlar ham bor. 120 vattlik quvvatlagichning narxi 47 dollar, 30 vattliginiki esa 11 dollarni tashkil qiladi. 

Shuningdek, 16 dollarga issiqlik o‘tkazuvchi g‘ilof va 45 dollarga sovutuvchi kuler sotuvga chiqariladi. 

O‘QING: Redmi 10 5G va Redmi Note 11S 5G taqdim etildi