Black Shark 5 seriyasi global bozorga chiqdi

Black Shark 5 seriyasi global bozorga chiqdi

Xiaomi'ning Black Shark geyming brendi o'zining Black Shark 5 seriyasidagi smartfonlari shu yil boshida Xitoy bozoriga sotuvga chiqargan edi. Endilikda Black Shark 5 RS o'rta darajali modelidan tashqari, Black Shark 5 va Black Shark 5 Pro global bozor uchun ham chiqarildi va ularning narxi quyidagicha:

Black Shark 5

  • 8GB + 128GB – $550 / €550 / £440
  • 12GB + 256GB – $650 / €650 / £530

Black Shark 5 Pro

  • 8GB + 128GB – $800 / €800 / £640
  • 12GB + 256GB – $900 / €900 / £730
  • 16GB + 256GB – $1000 / €1000 / £810

Smartfonlar Black Shark'ning rasmiy veb-sayti, AliExpress onlayn do'koni va Amazon mahalliy do'konlari orqali sotiladi.

Black Shark 5 barcha modellarining texnik xususiyatlari haqida: Black Shark 5 Pro taqdim etildi: Snapdragon 8 Gen1 chipli monster! 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!