BlackBerry Android platformasida smartfon ishlab chiqardi

BlackBerry Android platformasida smartfon ishlab chiqardi

Kanada kompaniyasi ishlab chiqargan smartfonni tahlilchilar, bundan oldingi OS BB10 rusumi shuhrat topmaganidan keyin xaridor diqqatini tortish uchun navbatdagi urinish, deya baholamoqdalar.

Smartfonda xavfsizlik tizimi boshqa Android platformasidagi qurilmalarga nisbatan kuchliroq. Qurilma dasturi har oyda Googledan yangilanib turadi. Smartfon joylashgan hududni biror ilova aniqlamoqchi bo‘lsa, DTEK texnologiyasi telefon egasiga xabar beradi.

Yangi modelda BBM yoki Hub messenjeri bo‘ladi. Ekran sig‘imi 2560×1440, diagonali 5,4 dyuym. 8 megapikselli kameraga ega. Tezkor xotirasi 3 Gb. Akkumulyator sig‘imi 3410 mA·soat. Qualcomm Snapdragon 808 protsessori o‘rnatilgan. Yangi smartfon kelgusi haftadan 700 dollar narxda savdoga chiqishi kutilmoqda.

Barak Obama saylovoldi kampaniyasida BlackBerrydan foydalangach, qurilma siyosatchilarga xos telefon sifatida tanilgan edi.

Ta’kidlash kerakki, BlackBerry oxirgi ikki yilda ancha-muncha yangi smartfon ishlab chiqardi, ammo savdosi sustligicha qolaverdi. Kompaniya boshlig‘i Jon Chen ish shu zaylda ketsa, yaqin yillarda smartfon biznesini yig‘ishtirishini bildirib o‘tgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!