Blackview A5 – “eng arzon” va puliga nisbatan “kuchli smarfton” ommalashmoqda

Blackview A5 – “eng arzon” va puliga nisbatan “kuchli smarfton” ommalashmoqda

Xitoyning Blackview kompaniyasi e’lon qilgan hamyonbop Blackview A5 smartfonining bahosi 55 AQSh dollari, ya’ni nisbatan arzon bo‘lsa ham, ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun manzur bo‘lmoqda.

Blackview A5 gadjeti 4,5 dyuymli IPS displeyga ega bo‘lib, ekranning piksel sig‘imi 480 ga 854 belgi.

Ekran pishiq bo‘lib, matritsa va shisha qismlari orasi havo qatlami bilan ajratilgan. Bu esa ekranning chidamliligini ta’minlaydi. Korpus atrofining yaltiroq metall planka bilan o‘ralgani smartfonga hasham bag‘ishlab turibdi.

Blackview A5 1 GB tezkor xotira, 8 GB doimiy ichki xotiraga ega, 1.3 GGsda ishlaydigan     4 yadroli MediaTek MT6580 protsessor platformasiga ega. Undagi microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida xotirani 32 GB.gacha kengaytirish mumkin.

Smartfon Android 6.0 mobil operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Smartfonda ikkita – fotochaqnoq va avtofokus tizimiga ega 5 Mp bosh kamera hamda 2 Mp old kamera mavjud.

Blackview A5 2 SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Li-Pol akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 2000 mA soat. To‘liq quvvatlab, 8 soatgacha suhbatlashish, 10 soatgacha internetdan foydalanish, 7 soatgacha HD-video ko‘rish mumkin.

Blackview A5 aqlli telefoni plastik korpusga ega. Uning o‘lchamlari: 129.9 x 66 x 9.5 mm, og‘irligi 135 gramm.

Qurilma interfeysida USB 2.0 (micro-USB) hamda 3,5 mm audio konnektor-portlari mavjud.

Yaxshi jihatlari: dizayni, sifatli texnik detallardan foydalanilgani, o‘rtacha ishlash tezkorligi, Android 6.0 tizimi, maqbul ekran, narx-navosi.

Kamchiliklari: dasturlarning barqaror ishlashidagi muammolar, mikrofon hamda dinamik ovoz uzatgich sifati, klavishning noqulayligi, kamera sifati, GPS tizimining ishlash sifati pastroq.

Quyida sizning diqqatingizga Blackview A5 “aqlli telefoni”da olingan suratlarni taqdim qilamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.