Blizzard studiyasi Pokemon Go uslubida Warcraft o‘yinini tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  483
  •  24.11.2018 15:32

Blizzard studiyasi Pokemon Go uslubida Warcraft o‘yinini tayyorlamoqda

Kotaku nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Blizzard studiyasi Warcraft asosida yangicha mobil o‘yinni tayyorlamoqda. Unga xuddi Pokemon GO’dagi singari mexanika tatbiq etiladi.

O‘QING: Afsonaning qaytishi: bepul Pokemon Quest o‘yini dunyoni zabt etishga tayyor! (+video)

Yangi o‘yin haqida tafsilotlar hozircha unchalik ko‘p emas – uning Warcraft qismlaridan biri bo‘lishi aytilayotir. Ammo mazkur loyiha Pokemon GO’dan ko‘ra kengroq ko‘lamli bo‘lishi kerak. Masalan, unda bitta geymer ishtirokidagi o‘yin uchun yangi unsurlar qo‘shiladi.

Xabarga ko‘ra, Blizzard katta dizayneri, World of Warcraft ustida ishlovchi Kori Stokton aynan Pokemon GO o‘yinining ashaddiy ishqibozidir. Xuddi shunga o‘xshash, ammo yanada murakkabroq va jiddiyroq loyiha yaratish fikri ham birinchi bo‘lib uning xayoliga kelgan.

O‘QING: Assassin’s Creed: Rebellion o‘yini Android va iOS uchun bepul taqdim etildi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.