Bloger Apple ustidan kulib, mexanik klaviaturali MacBook Pro yaratdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1127
  •  05.05.2021 18:07

Bloger Apple ustidan kulib, mexanik klaviaturali MacBook Pro yaratdi (+video)

Keyingi yillarda Apple o‘z noutbuklarnida klaviatura turini o‘zgartirib kelayotganini kompaniya muxlislari payqashgan bo‘lsa kerak. Turli modellardagi MacBook’larda «qaychili» mexanizmdan «kapalak» mexanizmiga o‘tilgan, keyin yana an’anaviy usulga qaytilgan...

O‘QING: MacBook Air 2020 chiqdi: yangilangan klaviatura va protsessorlar, kamida 256 GB SSD!

YouTube tarmog‘idagi Squashy Boy nomli kanal muallifi Jon Li kupertinolik korporatsiya muhandislarining bu kabi «tajriba»lariga hazil tariqasida MacBook Pro’ga mexanik klaviatura mahkamladi. O‘zining «yangi mahsulot»ini u o‘ylab topilgan «Appleye» kompaniyasining «MechBook» nomli devaysi sifatida namoyish etib, taqdimot parodiyasini ham e’lon qildi. Unda hatto Tim Kuk aks etgan lavhalardan ham foydalangan.

Keling, yaxshisi buni o‘zingiz tomosha qiling:

To‘rt kunlik urinishlar natijasi o‘laroq «yaratilgan» noutbuk – MechBook yopilmasligi sababli amalda befoyda bo‘lib chiqqan. Lekin bu videosi bilan bloger Apple muhandislariga yangi mahsulot yaratishda ijodiy yondashish kerakligini ta’kidlagan.

O‘QING: Sayyoh Xitoy jin ko‘chalaridagi bozorda o‘zi uchun iPhone 6s yig‘di (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!