Blokatorlar koronavirusdan saqlaydimi?

  •   DiMaX
  •  848
  •  28.07.2020 13:02

Blokatorlar koronavirusdan saqlaydimi?

Kecha – 27 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq dolzarb savollarga javob qaytarildi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Bosh prokuratura: Telegram’da «Shifoxona info» bot kanali tashkil etiladi

Blokator beyjiklarning ichida oddiy kukun borligi to‘g‘risida videoroliklar tarqaldi. Bu borada kerakli tashkilotlar surishtiruv ishlarini olib borishdimi, shuningdek, chetdan keladigan blokatorlarning ichidagi tarkibi tekshirib boriladimi?

– Beyjik ichidaga kartrijga joylashtirilgan faol modda – xlor dioksidini saqlaydi. Ammo bu modda  kishida allergiya, toshmalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mazkur blokatorlarning koronavirusdan himoya qilishi isbotlovchi ma’lumotlar mavjud adabiyotlarda yo‘q. Blokator taqish niqob va antiseptikning o‘rnini bosa olmaydi. Chetdan kirib kelgan har bir mahsulot albatta tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng ishlatishga ruxsat beriladi.

O‘QING: Bill Geyts: «Koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!