Bloomberg Sukerberg’ning boyligini hisoblab chiqdi

  •   Saroy
  •  1053
  •  09.07.2018 11:52

Bloomberg Sukerberg’ning boyligini hisoblab chiqdi

Sayyoramizdagi boy odamlarning davlatini hisoblashga juda qiziqadigan  Bloomberg nashri kuni kecha milliarderlarning global reytingini e’lon qildi. Ro‘yxat avvalgisiga haraganda ma’lum o‘zgarishlarni boshdan kechirgan, ya’ni ayrim milliarderlar uzaro o‘rinlarini almashganini ko‘rish mumkin. Masalan 34 yoshli  Facebook  ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg avvalgi reytingda to‘rtinchi o‘rinda borayotgan edi,  mana endi u uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

O‘QING:Facebook investorlari Mark Sukerbergni iste’foga chiqarmoqchi

Reyting karvonboshilari hamon Microsoft asoschisi Bill Geyts (94,2 milliard AQSh dollari) va Amazon rahbari Jeff Bezos ($142 mlrd) bo‘lib turibdi.

Sukerberg (81,6 milliard AQSh dollari) esa investor Uorrena Baffetni quvib  o‘tgan va uchinchi qatordan joy eallagan. Baffetning davlati  Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, 81,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Shunday qilib, dunyoning eng boy  kishilari reytingida birinchi uchlikni egallab turgan boylarning  bari texnologiya soha vakillari bo‘lishdi. Ularning  davlati sayyoramizdagi mavjud 500 ta milliarder  to‘plagan davlatning beshdan bir qismiga to‘g‘ri kelar ekan.

O‘QING:Facebook xato tufayli minglab foydalanuvchilarning “qora ro‘yxat”ini ochib yubordi

Xo‘sh, Facebook asoschisi qanday qilib uchinchi o‘ringa chiqib oldi? Gap shundaki, Bloomberg Mark Sukerberni Facebook aksiyalari narxi 2,4 oshgani uchun ro‘yxatning yuqorisiga ko‘targan. O‘tgan juma kuni kompaniya aksiyalari  qimmatli qog‘oz sifatida 203 dollargacha qimmatlashgan.  Cambrigde Analytica mojarosi ham ijtimoiy tarmoqning nufuziga, qolaversa Sukerbergning boyligiga ham ta’sir ko‘rsata olmagan, chamasi.

Davlatmand kishilarning hamyonini ochib ko‘rishni yoqtiradigan yana bir nashr - Forbes jurnali ham o‘zi tuzib chiqqan reytingda  Mark Sukerberg ga 77,1 milliard AQSh dollari bilan beshinchi o‘rinni bergan edi. Jurnal ro‘yxatida Sukerbergdan oldinda Bezos ($112 mlrd), Geyts ($90 mlrd),  Baffet ($84 mlrd) hamda Louis Vuitton rahbari Bernar Arno (78,8 miliard) lar bormoqda.

O‘QING:Facebook Aquila internet droni loyihasini bekor qildi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!