Blue Origin asoschisi koinotga ilk chiptani begona qilmadi – ukasi bilan o‘zi uchmoqchi!

  •   DiMaX
  •  325
  •  08.06.2021 14:05

Blue Origin asoschisi koinotga ilk chiptani begona qilmadi – ukasi bilan o‘zi uchmoqchi!

 Ilon Mask asos solgan SpaceX xususiy tashkilotining Crew Dragon kemasida amalga oshiriladigan ilk fazoviy sayohat ishtirokchilarining ismlari ma’lum. Ammo undan ham oldin Blue Origin kompaniyasi kimoshdi savdosi orqali kosmosga chipta sotayotgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Mask ham, Bezos ham «damini olaversin»: sayyoramizda eng boy kishi boshqasi bo‘ldi!

Blue Origin hamda Amazon kompaniyalari asoschisi va bosh ijrochi direktori, 57 yoshli Jeff Bezos ushbu chiptani begona qilmoqchi emas. Tadbirkor 20 iyul kuni ukasi bilan birga koinotga uchishini Instagram’da e’lon qildi, deb yozadi Xabar.uz.

«Besh yoshimdan koinotga sayohat qilishni orzu qilardim. 20 iyul kuni ukam bilan ushbu sayohatga otlanaman. Eng yaqin do‘stim bilan zo‘r sarguzasht bo‘ladi», — dedi tadbirkor.

Milliarder va uning ukasidan tashqari, New Shepard kemasida amalga oshiriladigan parvozda 12 iyun kuni yakuniga yetadigan kimoshdi savdosi g‘olibi ham koinotga chiqadi. Mazkur auksionda ishtirok etish uchun arizani 10 iyungacha topshirish kerak. Hozirga kelib dunyoning 143 mamlakatidan qariyb 6000 kishi kim oshdi savdosida ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘QING: Kim birinchi bo‘lib Oyda o‘z bazasini yaratadi – AQSh, Rossiya yoki Xitoy?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.