BMTning Konferensiyasi veb-saytida ilk bor o‘zbek tilida ma’lumot joylandi

  •   DiMaX
  •  430
  •  29.05.2021 12:30

BMTning Konferensiyasi veb-saytida ilk bor o‘zbek tilida ma’lumot joylandi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Statistiklar Konferensiyasining rasmiy veb-saytida ingliz, rus, fransuz tillari bilan bir qatorda ilk marotaba o‘zbek tilida ham ma’lumotlar joylandi. Bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda elektromobil importi: qayerlardan, qayerlarga, nechta va qanchaga?

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hududida 2021 yili sinov tariqasida, 2023 yilda ommaviy aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirish belgilangan. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining tomonidan «Yevropa Statistiklar Konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari» o‘zbek tiliga tarjima qilindi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Statistiklar Konferensiyasining rasmiy veb-saytida joylandi.

O‘QING: Achinarli statistika: Smartfondan foydalanish haqida 12 ta fakt!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!