Bojxonachilar hujjatda «o‘yinchoq» deb ko‘rsatilgan dronni to‘xtatib qolishdi

  •   DiMaX
  •  602
  •  27.05.2019 17:48

Bojxonachilar hujjatda «o‘yinchoq» deb ko‘rsatilgan dronni to‘xtatib qolishdi

Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, uchuvchisiz uchar qurilmalar – dronlarni mamlakat hududiga noqonuniy olib kirish, ulardan foydalanish mumkin emas. Biroq ayrimlar bundan bexabar holda, yoki o‘zini go‘yoki bundan bexabardek tutib, dron olib kirishga urinayotganlar bor...

O‘QING: Dronlardan foydalanmang – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin!

Bojxona xodimlari tomonidan yana bir qonunbuzarlik holati fosh etildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Termiz-Aeroport» chegara bojxona postiga Xalqaro Pochta va Kurerlik xizmati orqali fuqaro A.B nomiga kelgan pochta jo‘natmasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada hujjatda «o‘yinchoq» deb ko‘rsatilgan tovar uchuvchisiz uchish apparati ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

O‘QING: Dronlarni urib tushiruvchi dron-kamikadze yaratildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!