Bojxonachilarimiz yashirincha olib kirilayotgan dronni fosh etishdi

  •   DiMaX
  •  614
  •  16.03.2019 13:11

Bojxonachilarimiz yashirincha olib kirilayotgan dronni fosh etishdi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi «Urganch aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qoidabuzarligi o‘z vaqtida aniqlandi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda drondan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

«Sankt-Peterburg–Urganch» yo‘nalishida Urganch shahriga uchib kelgan fuqaro S.N. «yashil» yo‘lakdan harakatlanar ekan, bojxonachilar e’tiborini tortdi va fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari ichidan xorijda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Ekin maydonlarimiz endi dronlar yordamida monitoring qilinadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!