Bojxonada jami $7 millionlik – salkam 40 ming juft qalbaki AirPods musodara etildi!

  •   DiMaX
  •  251
  •  17.05.2021 14:49

Bojxonada jami $7 millionlik – salkam 40 ming juft qalbaki AirPods musodara etildi!

Bultur kuzda bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishgan edi. Lekin yaqinda AQSh bojxonachilari ushlab qolgan tovar boshqacharoq ekan, deb yozadi PhoneArena.

O‘QING: AirPods 3 narxi va ilk «jonli» rasmlari: uni AirPods, AirPods 2 hamda AirPods Pro bilan taqqoslab ko‘rsatishdi!

Sinsinnati shtati bojxona xodimlari uchta katta qadoqda mamlakatga olib kirilayotgan tovarlarni ushlashdi. Ularda kupertinolik korporatsiyaning butkul simsiz AirPods quloqchinlariga taqlid qilib yasalgan 36 mingdan ortiq naushniklar bor ekan.

Bojxonachilarning xabariga ko‘ra, quloqchinlar qadoqlarida «AirPods» so‘zi yo‘q, balki «Elite Pods» yozuvi tushirilgan. Shunga qaramasdan, AQSh qonunchiligiga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi boshqa brend gadjetini to‘liq takrorlaydigan devayslar kontrafakt hisoblanadi.

Agarda haqiqiy AirPods qulochinining bir jufti 200 dollar turishini hisobga olsak, kontrabandachilar ushbu bir partiya tovardan taxminan 7 million AQSh dollari miqdorida noqonuniy foyda olishlari mumkin edi.

Darvoqe, AirPods Pro’ning xitoyliklar tayyorlagan klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilayotgani videosini ko‘rganmidingiz? Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkinligi haqidagi qo‘llanmamiz ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.