Bojxonada million dollarlik kontrabanda ayfon va boshqa Apple mahsulotlari musodara etildi

  •   DiMaX
  •  6955
  •  20.01.2020 15:00

Bojxonada million dollarlik kontrabanda ayfon va boshqa Apple mahsulotlari musodara etildi

Gonkong hukumatining ma’lum qilishicha, Xitoyning materik qismiga yo‘l olgan yuk kemasiga yashirilgan, umumiy qiymati naq 3,2 million dollarlik kontrabanda tovarlarini ushlashgan. Davlat hisobiga musodara etilgan ushbu tovarlar orasida Apple korporatsiyasining umumiy qiymati million dollardan oshuvchi smartfon va boshqa mahsulotlari ham bor.

O‘QING: Redmi hamda Huawei smartfonlarining yurtimizga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi!

Gonkong politsiyasi va bojxonasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu reyd ikki oylik tekshiruv operatsiyalari natijasidir. Xitoyning maxsus ma’muriy rayoni hisoblanuvchi ushbu shahar bilan mamlakatning materik qismi chegarasida kema qo‘lga olingan. Kontrabanda tovarlar yuk kemasining maxfiy qismiga yashirilgan bo‘lib, uni ochishga bir soat vaqt ketgan.

Xabarga ko‘ra, qo‘lga olingan aksariyat tovarlar mutlaqo yangi ekan, ular 24–30 yanvar kunlari nishonlanadigan xitoycha Yangi yil bayrami arafasida sotishga mo‘ljallangan edi. Ularning barchasi musodara etilib, kema bortidagi uch kishi hibsga olingan.

Bojxonachilarning ta’kidlashlaricha, bu – kontrabanda mahsulotlarning keyingi ikki yil davomidagi eng yirik miqdorda ushlanishidir. Shuningdek, keyingi besh yillikda kema yordamida bunchalik ko‘p elektronika mahsulotlarini materikka olib o‘tish holati uchramagan ekan.

O‘QING: DIQQAT: O‘zbekistonda telefon sotib olsangiz, IMEI-kod uchun siz pul to‘lamaysiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.