Bo‘lajak bestseller – arzon Galaxy A72 taqdimot oldidan Geekbench’da imtihon topshirdi

  •   DiMaX
  •  2042
  •  25.12.2020 16:47

Bo‘lajak bestseller – arzon Galaxy A72 taqdimot oldidan Geekbench’da imtihon topshirdi

Keyingi paytlarda Samsung kompaniyasining aynan o‘rta narxli Galaxy A turkumidagi smartfonlari bestsellerga aylanmoqda. Kelasi yil boshida namoyish qilinadigan Galaxy A72 ham shulardan biri bo‘lishi aniq – u hozirdanoq eng ommabop smartfonlar reytinglariga kirgan.

O‘QING: Galaxy A72 ilk suratlarda: u kutilganidek emas ekan!

Samsung ushbu smartfonini ikki xil talqinda taklif etadi: 5G-versiyadagisi SM-A726B, nisbatan arzon 4G-versiyadagisi esa SM-A725F model raqami ostida tayyorlanmoqda.

Geekbench servisida 4G-versiyadagi Galaxy A72 tekshirib ko‘rildi; benchmark ma’lumotlar bazasida qayd etilishicha, Samsung uni Android 11 operatsion tizimi hamda 8 GBlik tezkor xotira bilan ta’minlamoqda. Unga Qualcomm kompaniyasining kodli nomi atoll bo‘lgan protsessori o‘rnatilgan, bu – Snapdragon 720G chipsetidir.

Ushbu smartfon benchmarkdagi yakka yadroli testda 526 ball olgan bo‘lsa, barcha yadrolarini ishlatib imtihon topshirganida 1623 ballik natija ko‘rsatgan.

Galaxy A72 modelining 4G hamda 5G-versiyalari protsessordan tashqari barcha texnik jihatlariga ko‘ra o‘zaro bir xil bo‘lishi kutilmoqda. Lekin ikkinchisida qaysi chipset bo‘lishi hozircha aniq emas.

O‘QING: Galaxy A72 5G'ning renderlari chiqdi, yana ikkita Galaxy smartfoni haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!