Bo‘lajak bestseller – Galaxy A52 surat va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  1626
  •  18.02.2021 09:25

Bo‘lajak bestseller – Galaxy A52 surat va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi!

 Samsung kompaniyasining turli hududlarga mo‘ljallangan saytlarida yaqinda birdaniga beshta yangi – arzon va hamyonbop smartfonlarni qo‘llab-quvvatlash sahifalari ishga tushgan edi. Endi esa ulardan eng xit bo‘lishi kutilayotgan modeli Google Play Console ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy F62 kutilganidan ham arzon narxda to‘liq taqdim etildi! (+video)

Bu – o‘tgan yili eng ko‘p sotilgan Galaxy A51 smartfonining davomchisi bo‘lgan Galaxy A52 (yoki Galaxy A52 5G) modelidir. Google Play Console ma’lumotlar bazasidagi qaydlar uning asosiy texnik xususiyatlarini va tashqi ko‘rinishini oshkor etgan:

Ushbu smartfonning Infinity-O ekrani atrofida deyarli bir xil qalinlikdagi rom mavjud. Google Play Console tasdiqlashicha, uning displeyi Full HD+ formatida tasvir uzata oladi. Galaxy A52 5G modeli Snapdragon 750G protsessori va 6 gigabaytlik xotiraga ega bo‘lib, Android 11 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi.

Ushbu qurilmaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi – Galaxy A52 4G ham chiqishi ma’lum bo‘lgan. Uning ekranida kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lsa, 5G-versiyasida mazkur ko‘rsatkich 120 gersga teng. Galaxy A52 5G smartfoni martning o‘rtalarida namoyish etilib, 128 gigabaytlik ichki xotiraga ega varianti 450 yevrodan sotilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, fevral)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!