Bo‘lajak xit – Redmi Note 9S taqdimotdan oldin sotuvga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2639
  •  23.03.2020 09:00

Bo‘lajak xit – Redmi Note 9S taqdimotdan oldin sotuvga chiqdi!

Xiaomi korporatsiyasi yaqindagina o‘zining Redmi Note 9 Pro Max smartfonini taqdim etgan. Bundan tashqari, kompaniya uning yanada arzon versiyasi – Redmi Note 9 Pro modelini ham namoyish qilgan. Keyin esa...

O‘QING: Umuman kutilmagan yangi smartfon – Redmi Note 9S taqdimot kuni e’lon qilindi

Redmi Note 9S hali rasman namoyish qilinmagan bo‘lsa-da, Vetnamdagi internet-do‘konlar allaqachon uning uchun buyurtma ola boshlashibdi. Bu haqda hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 9S rasmiy anonsi bugun bo‘lib o‘tadi va uning narxini ham o‘shanda bilib olamiz. Savdoga esa u payshanba – 26 mart kuni chiqadi.

Taxmin qilinganidek, ushbu qurilma avvalroq taqdim etilgan Redmi Note 9 Pro modelining global versiyasi bo‘lib chiqdi. Bu smartfon o‘tgan hafta sotuvga chiqiboq bestsellerga aylangan, shuningdek, eng ommabop smartfonlar o‘ntaligida o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda. Shunday ekan, Redmi Note 9S ham xit bo‘lishi turgan gap.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlari egalarini kompaniya allaqachon MIUI 12 testiga taklif etyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!