Bolalar endi maktabga onlayn qabul qilinadi!

Bolalar endi maktabga onlayn qabul qilinadi!

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda davlat xizmatlarini sifatini va shaffofligini oshirish maqsadida bolalarni maktabga qabul qilish jarayonini raqamli transformatsiyasi loyihasini amalga oshirishni boshladi. Bu xaqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha maktablarga amaldagi bolalarni qabul jarayoni va uning kamchiliklarini o‘rganish, ma’muriy jarayonlarni takomillashtirish, hamda xizmat ko‘rsatish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyihada O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan.

Ishlab chiqilgan “Bolalarni davlat umumta’lim muassasalariga qabul” ma’muriy reglamentiga ko‘ra, 2019 yilning 1 martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Birinchi bosqichda yangi qabul modeli Toshkent shahridagi 81 maktabda joriy etiladi. Keyinchalik yangi mexanizm Toshkent va mamlakatimizning barcha viloyat maktablarida ham joriy etiladi.

O‘QING: XTV va Sixclouds O‘zbekistonda onlayn ta’lim platformalarini joriy etish masalalarini muhokama etdilar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!