Bolalar uchun maxsus metaolam yaratiladi

Bolalar uchun maxsus metaolam yaratiladi

Epic Games kompyuter o‘yinlari do‘koni va LEGO o‘yinchoqlar kompaniyasi birgalikda bolalar va oilalar uchun mo‘ljallangan metaolam yaratishda hamkorlik qilishlarini e’lon qilishdi. Ikkala kompaniya birlashishidan maqsad, raqamli dunyoda har qanday yoshdagi bolalar uchun xavfsiz va quvnoq virtual maskan yaratishdir.

Kompaniyalar metaolam uchta tamoyilga asosan qurilishini ma’lum qilishdi:

  • Bolalarning xavfsiz va farovon muhitda o‘ynash huquqlarini himoya qilish.
  • Bolalarning qiziqishlarini birinchi o‘ringa qo‘yib, ularning maxfiyliklarini ta’minlash.
  • Bolalar va kattalarning raqamli tajribalarini boshqarish imkonini beruvchi vositalar bilan imkoniyatlar yaratish.

O‘QING: Google Play'da tozalash ishlari olib boriladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!