Bolalarga mo‘ljallangan Watch Phone Z1 «telefon-soati» chiqdi

  •   DiMaX
  •  767
  •  29.07.2021 13:37

Bolalarga mo‘ljallangan Watch Phone Z1 «telefon-soati» chiqdi

Xitoyning Imoo kompaniyasi tez-tez yosh bolalar uchun mo‘ljallangan elektron qurilmalarni ishlab chiqaradi. 2020 yilning noyabrida Watch Phone Z6 modeli taqdim etilgan bo‘lsa, endilikda brend Watch Phone Z1’ni sotuvga chiqardi, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: 4G chipli, videoqo‘ng‘iroq funksiyali smart-soat 58 dollardan sotuvga chiqdi!

Yangi soat butun dunyo bo‘ylab 13 diapazonda 4G aloqa tarmog‘iga ulanishni ta’minlaydi. Watch Phone Z1 soatining korpusi va tasmasi allergiya bermaydigan materialdan ishlangan. Mazkur qurilmaga TUV CUD tashkilotining ekspertlari tomonidan xavfsizlik sertifikati berilgan.

Watch Phone Z1’ning o‘ziga xosligi uning videoqo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan frontal kamerasida. Shuningdek, u suratga olishni amalga oshirishi mumkin, soatlarga 2 megapikselli tasvir datchigi va f/2,4 diafragmali ob’yektiv o‘rnatilgan. 1,3 dyuymli TFT kristal ekrandagi piksellar soni 240x240.

Qurilma IPX8 bo‘yicha namlikdan himoyalangan, rezinali korpusi esa zarblarga bardoshli. Akkumulyator sig‘imi 740 mA/soat bo‘lib, bir marta quvvatlanish orqali soatning uch kungacha ishlashini ta’minlaydi.

Imoo Watch Phone Z1 narxi 99 dollarni tashkil etadi.

O‘QING: 20 yoshli ayolning qotilini «aqlli» soat va smartfon topib berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!