Bolangiz smartfondan bosh ko‘tarmayaptimi? Ayb sizning daromadingizda!

  •   DiMaX
  •  3096
  •  31.10.2019 15:35

Bolangiz smartfondan bosh ko‘tarmayaptimi? Ayb sizning daromadingizda!

Bugungi kunda ota-onalarning va ta’lim muassasalarining asosiy muammolaridan biri – bolalarning smartfon, planshet va boshqa gadjetlarga bog‘lanib qolganliklaridir. Avvalroq hatto 18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qilgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Smartfondan ko‘p foydalanish suiqasdga boshlaydi

Xo‘sh, bunga sabab – ota-onalar o‘z bolasining «hech kimdan kam bo‘lmasligi» uchun unga zo‘r devayslar olib berib qo‘yganida, deb o‘ylaysizmi? Qisman to‘g‘ri, ammo...

Common Sense Media notijorat tashkiloti o‘tkazgan tadqiqot natijalari boshqacharoq xulosalarni ilgari suradi. Aniqlanishicha, badavlat xonadonlar farzandlariga ko‘ra o‘rtahol oilalarning bolalari smartfonlarga ko‘proq tobe bo‘lib qolayotgan ekan.

Ma’lum bo‘lishicha, ota-onalari yiliga 35 ming dollardan kam daromad qiladigan 8–12 yoshlardagi bolalar bir kunda salkam 6 soat vaqtini smartfon bilan o‘tkazar ekan. Yillik daromadi 100 ming dollardan oshiq bo‘lgan oilalarning shu yoshdagi vakillari esa mobil qurilmalarga bundan ikki soat kam vaqt sarflashadi.

O‘QING: Tadqiqot: Smartfonni haddan ziyod ko‘p ishlatganlarda haqiqiy shox o‘sib chiqadi! (+surat)

Umuman olganda, smartfonlar vaqtichog‘lik qilishning eng arzon vositasiga aylanib bo‘lgan, deb hisoblaydi Common Sense Media. Tadqiqotda yana shunisi oydinlashganki, bolalar ulg‘aygani sayin ularning zamonaviy devayslarga tobeligi oshib borar ekan.

Serdaromad oilalarning 13–18 yoshlardagi bolalari kuniga deyarli 7 soat vaqtini ekranga termulib o‘tkazishar ekan. Kamxarjroq xonadonlardagi o‘smirlarda esa bu ko‘rsatkich sakkiz yarim soatga teng; axir, bu – sutkaning uchdan bir qismidan ham oshiq vaqt!

Shu sababli mutaxassislar farzandlarni turli to‘garaklarga berish, gadjetlar bilan bog‘liq bo‘lmagan mashg‘ulotlarga ko‘proq qiziqtirish zarur, deyishmoqda. Bolaning gadjetlar bilan o‘tkazadigan vaqtini cheklash uchun biz o‘ylaganimizdan ko‘ra jiddiyroq sabablar mavjudligi haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Smartfonga tobelikdan qutulsa bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!