Bolangiz uchun smartfon tanlay olasizmi?

  •   Saroy
  •  2392
  •  31.10.2018 15:13

Bolangiz uchun smartfon tanlay olasizmi?

Ertami, kechmi ota-onalar oldida bolasiga telefon olib berish masalasi ko‘ndalang turadi. Hozirda telefon olib berish uchun bola necha yoshda bo‘lishi kerak, degan savol ham aksariyat ota-onalarni o‘ylantirsa kerak. Ammo shuni ta’kidlash joizki,  bugungi kunda u 10 yoshdagi bolaga telefon tutish mumkindir, lekin erta-indin 7 yoki  6 yoshli bolalar ham smartfon tutadigan bo‘lar. Agar maktabgacha yoshda bo‘lgan bolaga ota-onasi u bilan istalgan vaqtda bog‘lanish uchun tugmachali telefon olib bersa, maktab o‘quvchisi uchun esa, yaxshisi smartfonga e’tibor qaratish ma’qulroq. Birinchidan, smartfonlarning narxi borgan sari arzonlashmoqda va ozroq pulga ham ushbu muammoni bemalol hal etsa bo‘ladi. Ikkinchidan, maktabda bolaga albbatta atrofidagilari katta ta’sir ko‘rsatadi, shu bois u o‘g‘il bolami yoki qiz bolami, muhimi o‘zini tengdoshlaridan ajralib qolganday his etmasin. Odatda, bolalar uchun telefon olayotganda qurilma haqida internet orqali batafsil tanishmoqchi bo‘lsangiz, shubhasiz  smartfonning faqat texnik tavsifi, sog‘liq uchun xavfsizlik darajasi ba narxi haqida ma’lumot olasiz. Ammo masalaning boshqa, yanada muhimroq tomonlari ham bor. Keling  bu masalani har tomonlama o‘rganishga harakat qilamiz. 

Shuni yodda tutingbola bu bola, katta odam emas

Bolangizga necha pullik smartfon olib berishga tayyor bo‘lsangiz, shundan ko‘p pul sarflamang.

Bolangiz uchun smartfon olayotganda shu narsani yodda tutingki, u hali bola. Shu bois uning apparatni yo‘qotib qo‘yish ehtimoliga ham doim ruhan tayyor turishingiz kerak. Hatto kattalar ham telefonini yo‘qatadi, yerga tushirib, biror yerini sindiradi va foydalanib bo‘lmaydigan darajaga ham keltiradi. Bunday holatni boladan ikki karra ko‘proq kutish mumkin. U ham telefonni yo‘qotishi, telefonini bezorilar tortib olib qo‘yishi mumkin. Qolaversa,  bolalar telefonga kattalarga nisbatan ko‘proq zarar keltirishi mumkin, zero u bola va kattalardek ehtiyotkor emas. Shu sababli, smartfon xarid qilishni shunday rejalashtiringki, oqibatda bolangiz smartfonini yo‘qotib qo‘ysa, bu sizning hamyoningiz uchun katta zarar  bo‘lmasin. Albatta, bolalar har xil bo‘ladi, ammo sizning bolangiz telefonni tez sindiradigan bo‘lsa, demak qurilmaning himoyalangan modeliga e’tibor qaratish lozim. Bunday telefonlar qo‘ldan tushib ketsa ham sinmaydi, suvdan va changdan  ham yaxshi himoyalangan bo‘ladi (himoyalanish toifasini o‘qib ko‘ring, chunki ba’zan himolangan qurilma, deganda suv tubiga  tushib ketishi nazarda tutilmaydi, balki bor-yo‘g‘i yomg‘ir tomchisi tushiniladi).

Qurilmaning himoyalanganlik toifasini aniqlash uchun xalqaro kodlardan foydalaniladi.

Markirovka qilish xuddi IPxx’ga o‘xshab ko‘rinadi. Bunda birinchi raqam narsalarning(masalan chang va g‘ubor)  kirib qolishidan himoyalashni anglatadi, ikkinchisi suvdan himoya.  Raqam qanchalik ko‘p bo‘lsa, himoya  toifasi shuncha zo‘r hisoblanadi. Himoyaning eng ommalashgan kodlari  IP67 va IP68 sanaladi. Birinchisi, chang-g‘ubordan va bir metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi suvga cho‘ktirsa ham qurilmaning to‘liq himoyasini ta’minlaydi. Shunga qaramay, u suv ostida ishlashga mo‘ljallanmagan. Ikkinchisi qurilmaning suv ostida yarim soat ushlab tursa ham ishlay olishini anglatadi. Yana bir narsaga e’tibor qaratish lozimki, bu yerda gap, chuchuk suv haqida ketmoqda. Ammo, shunday himoya toifasida bo‘lishiga qaramay, dengizda suv ostida suratga olish tavsiya etilmaydi.

 Xarid haqida farzandingiz bilan albatta maslahatlashing

Har doim shu narsani yodda tutish lozimki, bola uchun uning telefoni haqida atrofidagilarining (do‘stlari va sinfdoshlari) fikrlari  siz o‘ylagandan ham anchayin muhim sanalishi mumkin. Hatto sizning telefoningiz arzon yoki qimmatmi, buning ahamiyati bolangiz uchun muhim bo‘lmasligi mumkin. Siz albatta, farzandingizning o‘rtoqlari oldida kamsitilishini istamaysiz. Xullas, bu yerda universal maslahat yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, barchasi bolangizning atrofdagilariga va tarbiyasiga bog‘liq. Hech bo‘lmaganda, bolangiz bilan uning do‘stlari qanday markadagi smartfonlarni tutayotgani, qanday modellar ma’qul ekani  haqida suhbat qilish lozim bo‘ladi. Zamonaviy bolalar texnika va texnologiyalar bilan ularning ota-onalariga qaraganda ancha ko‘proq qiziqadilar. Ular uchun ijtimoiy mavqe qalgan barchasidan muhim sanalishi mumkin. Chunki,  ularning bu yoshda  buyumlari, kiyimlari yoki turli gadjetlaridan boshqa  ajralib turadigan narsasi ham yo‘qda. Bu, agar tengdoshida  iPhone’ning so‘nggi modeli bo‘lsa, unga ham ushbu apparatning so‘nggi modelini olib berish kerak, degani emas, albatta.  Xaridga vazminlik bilan yondashing va bolangizga nega shunday qilayotganingizni tushuntiring.

Smartfonda asosiy tavsif, bu diagonali va ekran formati, protsessori, xotirasi va akkumulyator sig‘imi hisoblanadi.

Agar gap maktab yoshigacha bo‘lgan bola haqida emas, balki undan katta yoshdagi bolalar haqida ketsa, unga tugmachali telefon olib berishdan ma’ni yo‘q. Smartfonlar hozir unchalik qimmat emas va hatto eng arzoni ham to‘liq tavsifiy to‘plamiga, ya’ni Wi-Fi, GPS, kamera (videoqo‘ng‘iroqlar va selfi qilish uchun old kamera)larga ega. Barcha smartfonlar hozirda 4G ma’lumotlar uzatish uchun zamonaviy texnologiyalari bilan ta’minlangan. Barcha smartfonlar  suratga olish, videolarni qayta ishlash va uzatish imkoniyatiga ega. E’tiborni avvalo, ekran  diagonaliga emas, balki (smartfon bir qo‘lda foydalanish uchun qulay bo‘lishi kerak degan gaplar hozir ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi, chunki har xil internet-xizmatlar rivojlanib ketdi) xotira sig‘imiga qaratish lozim.  Xotira hech qachon ko‘p bo‘lmaydi, shuning uchun tezkor xotirasi 2 GBdan hamda ichki xotirasi 16 gigabaytdan kamini olmang. Smartfonning tavsifi yaxshi bo‘lishini aniqlashning eng oddiy yo‘li, uning qaysi yili chiqarilganiga e’tibor berishdir. Qolaversa, eski modellarning narxi juda tushirilgan bo‘ladi va arzimagan narxga ham yaxshi smartfon sotib olish mumin.  

Qanday markani tanlash lozim

Apple yoki Samsung’ni tanlash  har doim to‘g‘ri variant ekanini barchamiz bilamiz. Lekin  2018 yilgi dunyo,  bundan 20 yil avvalgi dunyo emas. iPhone 100 foiz Xitoyda yig‘ila boshlaganidan keyin, smartfonni qaysi mamlakat chiqarishining ahamiyati butkul yo‘qoldi. Hozir birinchi o‘ringa Made In emas,  balki Made By atamasi chiqdi, ya’ni smartfon qayerda chiqarilgani emas, balki kim tomonidan chiqarilgani muhim bo‘lib qoldi. Shu narsa tushunarliki, bozorda an’anaviy liderlardan tashqari, smartfon ishalb chiqarish bilan shug‘ulanayotgan Xitoyning ko‘plab kompaniyalari ham bor. Android operatsion tizimning bozorda ustunlik qilishi hamda globol bozordagi smartfonlar uchun komponentlarning moslashtirilishi va arzonlashishi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi farqni yo‘qqa chiqarmoqda.  Birgina Xitoy kompaniyalari ichida ham yangi va turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘yinchilar paydo bo‘ldi. Masalan,  Huawei, Lenovo, Xiaomi yoki  ZTE hozirda haqiqiy ma’noda global o‘yinchilarga aylangan.

Gapning indallosi shuki,  smartfonda ekranning diagonali va formati, protsessori, xotira va akkumulyator sig‘imi eng muhimi hisoblanadi. Qolganlari unchalik muhim bo‘lmay qo‘ydi. Shuningdek, qimmat markalisini xarid qilish ham muhim ahamiyat kasb etmay qo‘ygan. Yodda tuting, yosh avlod uchun  brendlar asosiysi emas.  Ular ota-onasi e’tibor bermagan smartfonni ham osonlikcha tanlashi mumkin, muhimi ushbu qurilmani tengdoshlari ma’qullasa bo‘ldi.