Bo‘lishi mumkin emas: Apple muammoli iPhone displeylarini BEPUL almashtirib beradi!

  •   DiMaX
  •  584
  •  07.12.2020 11:54

Bo‘lishi mumkin emas: Apple muammoli iPhone displeylarini BEPUL almashtirib beradi!

O‘tgan yilgi iPhone 11 turkumida 2019 yilning noyabridan to 2020 yilning may oyigacha chiqarilgan ayrim modellarida ekran sensori bilan bog‘liq muammo mavjudligi kuzatilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday holat kam sonli smartfonlarda uchramoqda.

O‘QING: iPhone 12 smartfonlaridagi muammoni Apple tan oldi

Apple ularning displeylarini bepul almashtirib berishga qaror qildi va buning uchun o‘z rasmiy saytida maxsus sahifa ham ochdi. Ayfon egalari u yerda seriya raqami orqali tekshirib, o‘z smartfoni shu dastur doirasiga kirish-kirmasligini aniqlay oladilar.

Bordiyu foydalanuvchining iPhone 11 rusumli qurilmasi shu dastur doirasiga kirgan bo‘lsa, u kompaniyaning ko‘mak xizmatiga, rasmiy do‘koniga yoki servis markaziga murojat etishi mumkin. Bepul alishtirib berish xizmati smartfon xarididan keyingi ikki yilgacha amal qiladi.

O‘QING: Kuchli smartfonsozlar uchligidan Apple’ni surib chiqarishdi! (2020 yil 3-chorak)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!